Abu-Dabida Liviya kelajagi muhokamada

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Nasir Judoh (chapda), Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar davlat vaziri Anvar Gargash Abu-Dabidagi uchrashuvda, 9-iyun, 2011

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Nasir Judoh (chapda), Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar davlat vaziri Anvar Gargash Abu-Dabidagi uchrashuvda, 9-iyun, 2011

Birlashgan Arab Amirliklarida 22 davlat vakillari Muammar Qaddafiydan keyingi Liviya taqdirini muhokama qilmoqda. Unda isyonchilar vakillari ham ishtirok etmoqda. Italiya isyonchilar kengashiga 600 million dollarlik yordam, Quvayt 180 million dollar va'da qilmoqda. Obama ma'muriyati ham Liviyaga gumanitar yordamini oshirishini aytmoqda. AQSh Muammar Qaddafiyga tegishli muzlatilgan 30 milliard dollarning bir qismini ham muxolifatga ajratish rejasini ma'lum qilgan.

Davlat kotibasi Xillari Klinton Abu-Dabidagi anjumanda ishtirok etar ekan, Qaddafiyning kunlari bitmoqda, dedi.


Yaqin kunlarda Xitoyga Liviya muxolifati delegatsiyasi tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan. So'nggi ikki kun Liviya rahbari Muammar Qaddafiy vakili Pekinda muzokara qilgan. Xitoy rasmiylarining bildirishicha, Qaddafiy vakili Xitoydan hukumat va isyonchilar o'rtasida mojaroni to'xtatishda yordam so'ragan.

Xitoy diplomatlari shu kungacha isyonchilar bilan Qatar va Liviyaning Bing'ozi shahrida uchrashgan. Neftning katta qismini Liviyadan oluvchi Xitoy mamlakatda tinchlik qaror topishidan manfaatdor, deydi kuzatuvchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG