Breaking News

Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan


Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan
Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan

Liviyada Muammar Qaddafiy armiyasi siquvi ostida muxolifat Ras Lanufni tark etgan. Neftga boy bu port shahrida bugun shiddatli janglar kechgani, armiya odamlarni o’qqa tutgani ma’lum.

Qaddafiyga sodiq kuchlar, og’ir artilleriya va tanklar bilan qurollangan armiya kecha ham muxolifat pozitsiyalariga hujum qilgan.

Holbuki, xalqaro koalitsiya madadi bilan oxirgi bir necha kun katta-katta hududlar oppozitsiya izniga o’tgan edi.

G’arb havo hujumlari vaqtincha tinchigan zahoti, muxolifat harbiy jihatdan zaif ekanidan foydalanib, hukumat hamla qilgan.

Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan
Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan

Yirik shaharlardan Misrata va Bin Javod ham armiya qurshovida. Qamaldagi hududlarda yegulik kam. Guvohlarning aytishicha, qurolli kuchlar hududning to’g’ri kelgan yerini havodan urmoqda. Odamlar uylaridan haydab chiqilgani aytiladi.

Poytaxt Tripolida ham kecha kunduz portlashlar yangragan.

Londonda Liviya borasida muzokara qilgan, 40 dan ziyod davlat va tashkilot vakillari havo hujumlarini qo’llab-quvvatlagan. Jumladan, arab davlatlari qatnashgan anjumanda aholiga gumanitar yordam yetkazishga kelishib olindi.

Lekin isyonchilarni qurol bilan ta’minlash taklifi hamon ochiq. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov fikricha, maqsad, xalqqa miltiq tutqazish emas, uni himoya qilish.

Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan
Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan

Qaddafiyning ketishi va Liviya istiqboli - kun tartibidagi asosiy mavzular.
AQSh Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton G’arb harbiy kampaniyasi to’g’ri qaror edi, deydi.

“Bing’ozida qirg’inning oldini oldik”, - deydi Klinton. “Aholini shafqatsiz rahbarning qahridan saqladik”, - deydi u.

G’arb ahli Liviya muxolifati bilan alohida uchrashib olishini rejalamoqda. Mamlakat kelajagiga doir bu muloqot Qatarda kechishi kutilmoqda.

Qo’shma Shtatlar, Fransiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti muxolifat qarorgohi sanalmish Bing’oziga diplomat jo’natmoqchi.

Prezident Barak Obama nazarida Qaddafiy tarafdorlari kuni bitganini biladi. G’arbning harbiy, siyosiy va iqtisodiy sanksiyalari beiz ketmadi, deydi prezident.

Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan
Qaddafiy kuchlari muxolifatni siquvga olgan

Obamaning aytishicha, armiya Liviya uzra nazoratni qo’lda boy bergan; G’arb, NATO bosimi kun-sayin oshib boraveradi. “Fuqaroning hayotini himoya qilayapmiz”, - deydi u.

Liviyada muxolif kuchlar safida terrorchilar bormi degan savolga AQSh admirali, NATOning Yevropadagi qo’mondoni Jeyms Stavridis “ha” degan javob beradi. Lekin ular soni ko’p emas.

Pentagon hisobicha, Liviyadagi operatsiya uchun AQSh byudjetidan 550 million dollar olingan. Kampaniya bugundan e’tiboran NATO qo’liga o’tishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG