NATO hujumida Liviya rahbarining o’g’li, nabiralari halok bo’lgan


NATO hujumida Liviya rahbarining o’g’li, nabiralari halok bo’lgan

NATO hujumida Liviya rahbarining o’g’li, nabiralari halok bo’lgan

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron deydiki, xalqaro koalitsiya Liviya rahbarlarini emas, balki harbiy inshootlarni nishonga olmoqda.

Kameron Muammar Qaddafiyning yaqinlari halok bo’lgani haqidagi xabarlar borasida izoh bermadi.

Sayf al-Arab

Sayf al-Arab

Liviya hukumati so’zlovchisi Musa Ibrohimning ta’kidlashicha, NATO samolyotlari poytaxt Tripolidagi Bab al-Aziziya mahallasini havodan o’qqa tutib, polkovnik Qaddafiyning 29 yoshli o’g’li Sayf al-Arab va uch nabirasini o’ldirgan.

“Rahbar hayotiga suiqasd bu”, - deydi Musa Ibrohim.

Hujum paytida xuddi shu xonadonda bo’lgan Muammar Qaddafiy omon qolgani, bir necha kishi jarohat olgani aytiladi. Voqea joyida bo’lgan xorijiy jurnalistlar bomba tushgan bino yer bilan bir bo’lganini tasvirlaydi.

NATO hujumida Liviya rahbarining o’g’li, nabiralari halok bo’lgan

NATO hujumida Liviya rahbarining o’g’li, nabiralari halok bo’lgan

Qaddafiyning kenja o’g’li, Germaniyada tahsil olgan Sayf al-Arab yaqindagina vatanga qaytgan edi.

“NATO Liviya aholisini himoya qilish o’rniga ularni qiryapti”, - deydi Musa Ibrohim, harbiy alyansni xalqaro qonunlarni buzganlikda ayblar ekan.

G’azablangan olomon hujum ketidan Tripolidagi xorijiy davlatlar vakolatxonalari, jumladan Italiya va Britaniya elchixonalariga qarshisida namoyish qilgan. BMT vakolatxonasi talon-taroj qilingani ma’lum.

Muammar Qaddafiy kechagi nutqida “Liviya o’z muammolariga o’zi yechim topadi” deya, G’arb davlatlarini hujumlarni bas qilishga va muzokaraga undagan edi.

NATOning qayd etishicha, avvalgi sulh va’dalari haligacha bajarailgan emas. Liviya muxolifati ham murosa taklifini rad etgan.

XS
SM
MD
LG