Breaking News

Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi


Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi
Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi

28 davlat a’zoligidagi NATO Liviya uzra harbiy kampaniyaga ma’sul etib belgilangan. Bu haqda kecha tashkilot rahbari Anders Fog Rasmussen e’lon qilgan.

Liviyada esa muxolif kuchlar g’arb tomon, rahbar Muammar Qaddafiy tug’ilib o’sgan Sirta shahri tomon yurish qilmoqda.

Hal qiluvchi janglar aynan shu yerda kechishi mumkin. Xalqaro koalitsiya kecha Sirta shahrini bombardimon qilgan.

Katta-katta hududlar – neftga boy Brega va Ras Lanuf hozir muxolifat qo’lida. Bundan foydalangan xalq qora oltin savdosini tiklamoqchi.

Liviya avval kuniga 1 yarim million barrel neft eksport qilib kelgan. Lekin qo’zg’olonlar bois mahsulot uzatish ikki karra kamaygan. Neft yana chetga chiqa boshlasa, bu muxolifat uchun ishonchli daromad manbai degani.

Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi
Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi

Isyonchilar poytaxt Tripoliga ham yaqinlashmoqda. Shaharda kecha otishma va portlashlar yangragan. Armiya iznidagi Misratada ham tuni bilan o’q ovozlari tinmagan.

Qatar bugun muxolifat Liviyani boshqarishga haqli deya uni tan oldi. Bu arab davlati G’arb safida xalqaro havo hujumlarida ishtirok etmoqda.

NATO rasmiylarining aytishicha, harbiy kampaniyani qo’lga olish uchun ikki kun kerak bo’ladi. Shu paytgacha hujumlarga AQSh, Britaniya va Fransiya boshchilik qilayotgan edi.

Xalqaro hujumlar bobida bahslar kuchli ekan, AQSh prezidenti Barak Obama bugun xalqqa hisobot beradi.

Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton fikricha, Liviya xavfsizligi butun mintaqa uchun ham, NATO uchun ham muhim.

“Chora ko’rmaganimizda, Bing’ozida yashovchi 700 ming odam qirib tashlanishi mumkin edi”, - deydi Klinton.

“Yana o’ng minglab fuqaro hayoti xavf ostida edi. Yuz minglab odam boshpanasiz. Bu fojeaga qarab, qo’l qovushtirib o’tirsak to’g’rimidi?” - deya so’raydi Xillari Klinton.

Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi
Liviyada muxolifat Qaddafiy tug’ilib o’sgan shaharga yurish qildi

Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts nazarida Liviyadagi g’alayon AQShga bevosita xavf solmagan, biroq:

“Arab dunyosi xavfsizligi qil ustida edi”, - deydi Robert Geyts.

Region gumanitar halokatga yuz tutishi mumkin edi. “Liviyadagi isyon bositirilsa, ommaviy qirg’in yuz bersa, Misr, Tunisdagi xalq qo’zg’olonlari puchga chiqishi aniq edi”, - deydi Amerika mudofaa vaziri.

Geytsning aytishicha, NATO ishga kirishar ekan, Qo’shma Shtatlar harbiy amaliyotdagi ishtirokini qisqartiradi.

AQSh senatori, respublikachi Jon Makkeyn ham Obama ma’muriyatini qo’llab-quvvatladi.

“Chora ko’rilmasa”, - deydi Makkeyn, – “Qaddafiy kabi diktatorlar bilganini qilib, istasa xalqni o’ldirsa bo’lar ekan degan xulosaga kelishi mumkin”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun G’arbni tanqid qilib, Afrika shimolidagi davlatda fuqarolik urushi boshlaganlikda aybladi.

BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy vakili Rossiya, yaqinda Liviya taqdiri muhokama qilinganida betaraflik pozitsiyasini tanlagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG