Liviya muxolifati Amerika va Yevropadan katta va'dalar olmoqda

  • Amerika Ovozi

Liviya muxolifati vakili Mahmud Jibril AQSh senatori Jon Kerri bilan, Vashington

Liviya muxolifati vakili Mahmud Jibril AQSh senatori Jon Kerri bilan, Vashington

NATOning ma’lum qilishicha, Britaniya va Kanada dengiz kuchlari Liviya armiyasiga qarashli tezyurar qayiqlarning Misrata portiga hujumini qaytargan.

G’arbdagi bu shahar aeroporti kecha isyonchilar qo’liga o’tgan edi.

NATO samolyotlari poytaxt Tripolida Muammar Qaddafiyga qarashli Bab al-Aziziya harbiy markazini nishonga olmoqda.

Liviya muxolifati yetakchilari bugun Vashingtonda AQSh rasmiylari bilan uchrashmoqda.

Liviya muxolifati a'zolari Kongress va Oq Uyda mehmon

Liviya muxolifati a'zolari Kongress va Oq Uyda mehmon

Oq Uy bildirishicha, prezident Barak Obamaning xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Tom Donilon Liviyadan kelgan delegatsiya a’zolari bilan muloqot qilmoqda.

Mahmud Jibril, Bing’ozida tuzilgan muvaqqat hukumat vakili, kecha Kongressda ham mehmon bo’lgan.

“Liviya oppozitsiyasi, muvaqqat milliy kengash a’zolari terrorni va al-Qoida mafkurasini rad etib, demokratik islohotlar va’da qilayotganini olqishlaymiz. Lekin ularni rasman tan olishga hali erta”, - deydi Oq Uy matbuot kotibi Jey Karni.

Muxolifatchilar AQSh Senatining Tashqi Aloqalar qo’mitasi rahbari, senator Jon Kerri bilan uchrashgan.

“Liviyada biz konstitutsiya, inson huquqlari va erkinlikka asoslangan jamiyat quramiz”, - deydi Mahmud Jibril.

Xalqaro Jinoiy Sud shu oy oxirigacha Muammar Qaddafiyni hibs olish to’g’risida qaror chiqarishi mumkin. Unga binoan hech bir mamlakat Qaddafiyga boshpana bera olmaydi.

Xalqaro Jinoiy Sud shu oy oxirigacha Muammar Qaddafiyni hibs olish to’g’risida qaror chiqarishi mumkin. Unga binoan hech bir mamlakat Qaddafiyga boshpana bera olmaydi.

Demokrat Jon Kerri Muammar Qaddafiyga qarashli mablag’ning bir qismini muxolifatga uzatish to’g’risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganini aytgan.

Liviya muxolifati a'zolari bundan oldin Britaniyada Bosh vazir Deyvid Kameron bilan ham muloqot qilgan va Londonda idora ochishga kelishib olgan.

Italiya Tashqi ishlar vazirligi bayon qilishicha, Xalqaro Jinoiy Sud shu oy oxirigacha Muammar Qaddafiyni hibs olish to’g’risida qaror chiqarishi mumkin. Unga binoan hech bir mamlakat Qaddafiyga boshpana bera olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG