Liviyada sobiq harbiylar parlament ishini to'xtatdi

  • Amerika Ovozi

Tripolida parlament oldidagi manzara. 18-may, 2014-yil.

Tripolida parlament oldidagi manzara. 18-may, 2014-yil.

Sobiq general Xalifa Xaftarga sodiq kuchlar kecha Tripolida qonunchilik idorasiga hamla qilib, binoni talon-taroj qilgan edi.

Liviya isyonkor harbiylar parlamentga hujum qilib, uning ishini vaqtincha to’xtatdi.

Sobiq general Xalifa Xaftarga sodiq kuchlar kecha Tripolida qonunchilik idorasiga hamla qilib, binoni talon-taroj qilgan.

“Milliy kongress ishini to’xtatdik. Liviya hayotiga doir qarorlar qabul qilishda parlament endi qatnashmaydi”, - deydi jangchilar.

Ayrim manbalarda aytilishicha, hujum paytida ikki odam halok bo’lgan. Taxminan 50 kishi jarohatlangan.

Liviya muvaqqat rahbariyati voqeani qorayapti. General Xaftarning kuchlari musulmon deputatlarni qidirib yurgani ma’lum. Ammo hujum oldidan qonunchilar evakuatsiya qilib ulgurilgan.

Liviyada parlament islomiy va boshqa kuchlar o’rtasida talash va taraflar yangi hukumat tarkibi ustidan kelisha olmayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG