Breaking News

Liviyada parlament saylovlari 18 kunga kechiktirildi


Liviyada 2011-yil inqilobi natijasida ko'p yillik rahbar Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag'darildi.
Liviyada 2011-yil inqilobi natijasida ko'p yillik rahbar Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag'darildi.

Bu yilgi parlament saylovlari Liviya uchun tarixiy ahamiyatga ega. Jarayon so'nggi bor 1965-yilda o'tkazilgan.

Liviyada 19-iyunga belgilangan parlament saylovlari 18 kunga qoldirilgan. Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag'darilganidan beri ilk saylovlardir bu. Saylovlar 7-iyulga ko'chirilgan.

BMT missiyasiga ko'ra, jarayonga tayyorgarlik uchun qo'shimcha vaqt ajratilgan. BMT vakili Ian Martinning aytishicha, tayyorgarlik qizg'in ketmoqda.
Liviyada parlament saylovlari so'nggi bor 1965-yilda o'tkazilgan.

Liviya saylov komissiyasi raisi Nuri al-Abbor saylovchilar ro'yxatdan o'tishga ulgurmayapti hamda nomzodlarning komissiya talablariga javob berish-bermasligini o'rganib chiqishga ham vaqt kerak, shunga saylovni qoldirishga qaror qildik, deydi.

Shu kunga qadar 2,7 million saylovchining 80 foizi ro'yxatga olingan. Milliy kengashdagi 200 o'rindan 80 tasi partiyalardan olg'a surilgan nomzodlarga ajratilgan. Qolgan 120 ta o'rin uchun mustaqil nomzodlar kurashadi.

Bu yilgi parlament saylovlari Liviya uchun tarixiy ahamiyatga ega. Jarayon so'nggi bor 1965-yilda o'tkazilgan.

Parlament saylangandan so'ng yangi konstitutsiyani yozishga kirishadi va muvaqqat hukumat o'rniga yangi vazirlar mahkamasini tayinlaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG