Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi


Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi

Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi

LIVYA

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Vilyam Xeyg Liviyaga tashrif buyurdi. Oppozitsiya nazorat qiluvchi Bing’ozi shahrida muvaqqat kengash a’zolari bilan uchrashmoqda.

“Liviya xalqi bilsinki, xalqaro hamjamiyat ular tomonida”, - deydi yuqori martabali mehmon.

Muammar Qaddafiyga qarshi harbiy kampaniyani yana 3 oyga uzaytirgan xalqaro koalitsiya Liviyada ilk bor vertolyotlarni ishga solmoqda.

Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi

Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi

NATOning tasdiqlashicha, Britaniyaning “Apachi” hamda Fransiyaning “Tayger” va “Gazel” jangovar vertolyotlari bugun bir necha hududlarini bombardimon qilgan.

Ular yerga yaqin masofada uchib, mo’ljalni bexato uradi va talofatlarni kamaytiradi.

Bugungi operatsiya davomida radar stansiyasi va Brega shahri yaqinida nazorat o’tish-punkti yo’q qilingan.

Liviya rahbari Muammar Qaddafiyni iste’fo berishga chaqirayotgan mamlakatlar ko’p, shu jumladan Rossiya va Xitoy.

Rossiya prezidenti maxsus vakili Mixail Margelov Bing’oziga yo’l olmoqda. Xitoy diplomatlari Qatarda Liviya oppozitsiya vakillari bilan uchrashgan.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alan Juppening aytishicha, Qaddafiy tobora yakkalanib qolmoqda. Aprel oyida uning o’g’li va nabiralari NATO hujumida halok bo’lgan edi.

YAMAN

Raketa hujumida yaralangan prezident Ali Abdulla Solih Saudiya Arabistonida muolaja olmoqda.

Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi

Raketa hujumida jarohatlangan Yaman rahbari mamlakatni tark etdi

Prezident mamlakatni tark etgani haqidagi xabarlar avvaliga asossiz, deya rad etilgan edi.

Yaman prezidenti saroyiga uch raketa tushib, yetti qo’riqchi halok bo’lgan. Hujumda yuqori lavozimdagi rasmiylar, jumladan parlament spikeri, bosh vazir o’rinbosari hamda prezident maslahatchilari jarohat olgan va ular ham Saudiya Arabistonida davolanayotgani ma’lum.

Sanoda to’qnashuvlar davom etyapti. Abdulla Solih iste’fo berish fikridan qaytgach, hukumat va muxolifat o’rtasida keskinlik yanada oshdi. Yil boshidan beri Yamanda 400 kishi halok bo’lgan.

SURIYA

Armiya bilan to’qnashuvlarda halok bo’lgan namoyishchilar dafn etildi. Juma namozidan keyin minglab fuqaro prezident Bashar al-Assad iste’fosini talab qilib ko’chaga chiqqan edi.

Faollar 63 odam o’lganini aytadi. Hama shahrida politsiya namoyishchilarga qarata o’t ochgan.

Damashq va boshqa shaharlarda kecha g’alayonda o’lgan bolalar xotirlandi. Oppozitsiya qo’zg’olon boshlanganidan beri 25 bolaning o’limida Bashar al-Assad ma’muriyatini ayblaydi.

MISR

Sud sobiq Moliya vaziri Yusuf Butros-Galini korrupsiya va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topib, uni 30 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.

Butros-Gali, prokurorlarning so’zlariga qaraganda, vazirlik byudjetidan hamda davlat bojxonasida saqlangan mashinalardan shaxsiy masqadlarda foydalangan.

Sobiq vazir sudda qatnashmadi, uning qayerda ekani noma’lum.

XS
SM
MD
LG