Liviyada muxolifat yanada kuchga to'lgan

  • Amerika Ovozi

Liviyada muxolifat yanada kuchga to'lgan

Liviyada muxolifat yanada kuchga to'lgan

Dunyoning ko’plab davlatlari Liviya Muvaqqat Milliy Kengashi, 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiyga qarshi harakatni, mamlakatni to’g’ri yo’lga boshlay oladigan kuch sifatida tan olar ekan, bugun Brega shahrida nazorat o’rnatilgan.

Bu harakatning jangari kuchlari neftga boy bu maskan “bizning q’olimizda” deydi. Lekin Brega tevaragida qonli janglar davom etmoqda, o’nlab insonlar o’lgani haqida xabarlar bor.

Mustafo Abdul Jalil, Liviya Milliy Muvaqqat Kengashi rahbari

Mustafo Abdul Jalil, Liviya Milliy Muvaqqat Kengashi rahbari

Muammar Qaddafiy Ziltan shahrida minglab tarafdorlari oldida so’zlar ekan, “Muxolifatni hukumat sifatida tan olayotganlar yovuz kuchlardir. Ularning bu bayonotlari biz uchun hech narsani anglatmaydi”, - dedi.

Xalqaro hamjamiyat, xususan AQSh va Yevropa Ittifoqi Liviya muxolifatini tinchlikparvar tomonlarni birlashtirgan muvaqqat hukumat tuzishga undamoqda.

G’arbda Qaddafiy hukumatiga tegishli muzlatilgan milliardlab dollar mablag’ muxolifatni quvvatlash uchun sarflanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG