Tripolida portlash, AQSh qonunchilari Liviya borasida Obamadan izoh talab qildi

  • Amerika Ovozi

Tripolida urush asoratlari

Tripolida urush asoratlari

Bugun Liviya poytaxti Tripoli bir necha portlashdan larzaga kelgan. Talofatlar haqida hali aniq ma’lumot yo’q.

Shimoliy Atlantika harbiy bloki, NATO Tripolini, polkovnik Muammar Qaddafiy qarorgohi va harbiy inshootlarni bombardimon qilib keladi.

Muxolifat esa g’arbdagi tog’li viloyatlarni qo’lga olganini aytmoqda. Liviyaning sharqiy qismi ham oppozitsiya qo’lida. Hukumat faqat markaziy viloyatlar ustidan nazoratni saqlab qolgan.

G’arb izohiga ko’ra, diplomatik bosim va harbiy chora 69 yoshli Muammar Qaddafiyni holdan toydirmoqda.

Bir necha siyosiy va harbiy arbob hukumatdan yuz o’girgan. Ammo tahlilchilar nazarida vaziyat na u yoqli, na bu yoqli.

Liviyadagi konflikt to’rt oydan beri davom etadi. Xalqaro koalitsiya aholini pana qilsada, muxolifat Qaddafiy armiyasiga bas kela olmayapti.

AQShda bu kampaniya yuzasidan norozilik hissi ortib bormoqda. Qonunchilar prezident Barak Obamadan izoh talab qilib keladi.

Iroq va Afg’onistondagi harbiy amaliyot Amerika byudjetini sog’ib keladi.

“Liviyadagi havo hujumlari ortiqcha xarajat”, - deydi Kongress Vakillar Palatasi spikeri Jon Beyner.

Obama ma’muriyati esa Liviya xalqini qatliomdan himoya qilish kerak edi, deya javob qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG