Yevropa Ittifoqi Liviyaga qo’yilgan sanksiyalarni bekor qilmoqchi

  • Amerika Ovozi

Liviya ahli Ramazon hayitini nishonlar ekan, muvaqqat rahbariyat fuqaro xavfsizligini ta’minlash harakatida. Poytaxt Tripolining Shahidlar maydonida tumonat odam

Liviya ahli Ramazon hayitini nishonlar ekan, muvaqqat rahbariyat fuqaro xavfsizligini ta’minlash harakatida. Poytaxt Tripolining Shahidlar maydonida tumonat odam

Yevropa Ittifoqi diplomatlarining aytishicha, Liviyaga qo’yilgan qator sanksiyalar hafta oxirigacha bekor qilinishi mumkin. 27 davlat a’zo ittifoq Liviya muvaqqat boshqaruv kengashiga yordam berib, davlatni oyoqqa turg’azish maqsadida shunga kelishgan.

Liviya sanksiyalardan xoli bo’lsa, portlar, yetakchi neft kompaniyalari va yana o’nlab tashkilotlar, xususan, bank va aeroportlar erkin ishlashi mumkin bo’ladi. Sanksiya doirasida mo’maygina pul muzlatilgan, qator shaxslarga viza bermaslik ham talab qilingan edi.

Liviya ahli Ramazon hayitini nishonlar ekan, muvaqqat rahbariyat fuqaro xavfsizligini ta’minlash harakatida. Poytaxt Tripolining Shahidlar maydonida tumonat odam.

Muammar Qaddafiyning ona shahri Sirta siquvga olinib, taslim bo’lish uchun hayit tugaguncha, ya’ni shanbaga qadar muhlat bergan. Davlatni 42 yil boshqargan arbob va uning tarafdorlari aynan Sirtada yashiringani taxmin qilinadi.

Bundan tashqari, Bani Valid va Sabha shaharlari ham hamon Qaddafiyga sodiq ekani aytilmoqda. NATO bu manzillarni havodan nishonga olishda davom etmoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun fikricha, Qaddafiydan keyingi Liviyani suyab yuborib, xalqaro hamjamiyat birgalikda reja ishlab chiqishi va bu ishlarga aynan BMT bosh bo’lishi lozim. Yevropa Ittifoqi, Arab Ligasi va Afrika Ittifoqi ham shu fikrda.

BMT delegatsiyasi yaqinda Liviyada borib, ahvolni ko’zdan kechiradi, deydi Pan Gi Mun. Bu davlat saylovlar, adliya tizimi, xavfsizlik va gumanitar sohada yordamga muhtoj, deydi u.

BMT Bosh kotibi maslahatchisi Yan Martin so’zlariga ko’ra, Liviyaga tinchlikparvar qo’shin yuborish rejada yo’q. Lekin politsiyani tayyorgarlikdan o’tkazishda BMT madadi qo’l kelishi mumkin, deydi Yan Martin.

Kecha, shuningdek, BMT xavfsizlik Kengashi Qaddafiyga qarashli, biroq shu damgacha muzlatilgan 1,55 milliard dollarni muvaqqat boshqaruv kengashiga berishga qaror qilgan. Qo’shma Shtatlar ham 1,5 milliard dollarni Liviya xalqiga qaytaradi. Bu pul gumanitar maqsadlarda, aholi maoshi kabilar uchun sarflanadi.

Qaddafiyning oilasiga boshpana bergan Jazoir hukumati insoniylik nuqtai nazaridan ish ko’rganini bildirmoqda. Xususan, qizi Oysha homilador ekani inobatga olindi, deydi Jazoir rasmiylari BMTga yo’llagan izohida. Liviya muvaqqat boshqaruv kengashi ularni vatanga qaytarishni talab qilgan.

BMT qaroriga muvofiq, Qaddafiy oilasi mamlakatdan chiqishi mumkin emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG