AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?


AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?

AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?

Arab dunyosidagi shiddatli voqealar dunyo jamoatchiligi diqqat markazida.
Liviyada hukumatga qarshi bosh ko'targan omma o'qqa tutilib, yuzlab insonlar halok bo'lmoqda.

Qo'shma Shtatlar nazarida Liviyada 40 yillik rahbar Muammar Qaddafiy o'z xalqiga qarshi urush ochdi. Lekin Vashington qatliomning oldini olish uchun nima qila oladi?

Tripoli ko’chalari qonga belangan. Namoyishlarni bostirish uchun armiya safarbar etilgan.

AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?

AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?

Bu qirg’inni to’xtatish uchun AQSh chora ko’rmasa bo’lmaydi, deydi liviyalik huquq faoli Ali Abuzakuk.

“Dunyoda Amerika bilan kuch sinashadigan davlat yo’q. Biz bilamizki, AQSh istasa bu shafqatsiz zo’ravonlikka chek qo’ya oladi”, - deydi Abuzakuk.

Davlat kotibasi Xillari Klinton esa Amerika pozitsiyasini shunday tushuntiradi:

“Liviya rahbarlaridan qon to’kishni bas qilishni so’raymiz. AQSh o’z qonunlari asosida va mavjud sharoitdan kelib chiqib, choralar ko’ryapti. Lekin xalqaro hamjamiayat bilan kelishgan holda va hamkorlikda ishlash zarur”.

AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?

AQSh Liviyadagi qatliomni to’xtatish uchun nima qila oladi?

Yan Lesser Bill Klinton prezidentligi davrida Shimoliy Afrika bilan shug’ullangan. Liviya bilan mavjud rishtalar juda zaif, qo’limizda biror bosim vositasi yo’q, deydi u.

“Obama ma’muriyatining bayonotlardan tashqari qo’lidan biror ish kelishiga ko’zim yetmaydi”.

Ekspert fikricha Muammar Qaddafiy hokimiyatiga sanoqli kunlar qoldi. Lekin nazorat Misr va Tunisdagi kabi muvaqqat hukumatga emas, bir-biriga raqib qurollangan guruhlar qo’liga o’tishi mumkin.

“Liviyada bo’lajak ma’muriyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar ular bilan gaplashishga to’g’ri keladi. Ehtimol bir emas, bir necha guruh bilan. Harbiy, diniy, mafkuraviy omillar Vashingtonni xavotirga solishi turgan gap. Tub o’zgarish haqida gap ketyapti axir”, - deydi Yan Lesser.

Qaddafiy rejimi ichkaridan darz ketayotgani ayon. Namoyishchilarni o’qqa tutish buyurilgan uchuvchilar Maltaga qochgan. Diplomat va rasmiylar hukumatni tark etmoqda. Qator shaharlar namoyishchilar qo’lida.

Qaddafiy ularni xoin deb atab, jazosi o’lim deydi. Televizion chiqishda u “oxirigacha kurashib, shahid bo’lishga tayyor” ekanini aytgan.

XS
SM
MD
LG