Liviya va Amerika diplomatlari yashirincha gaplashib oldi

  • Amerika Ovozi

Hozir Liviyaning sharqiy va g’arbiy viloyatlari muxolifat qo’lida. Isyonchilar Qaddafiyning 42 yillik boshqaruvidan norozi bo’lib, salkam yarim yildan beri jang qilmoqda.

Hozir Liviyaning sharqiy va g’arbiy viloyatlari muxolifat qo’lida. Isyonchilar Qaddafiyning 42 yillik boshqaruvidan norozi bo’lib, salkam yarim yildan beri jang qilmoqda.

Amerika rasmiylari yaqinda Liviya hukumati vakillari bilan yashirincha uchrashib, polkovnik Muammar Qaddafiy ketishini talab qilgan.

Lekin rasmiy Tripoliga ko’ra, bu shartni o’z ichiga olgan hech bir tinchlik tashabbusi ko’rib chiqilmaydi.

Muloqot shanba kuni kechib, unda Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo’yicha muovini Jeffri Feltman va Qaddafiyga yaqin liviyalik to’rt arbob qatnashgan.

Jeffri Feltman

Jeffri Feltman

Davlat departamentining bildirishicha, bu muzokara emas va Qaddafiyning ketishdan boshqa iloji yo’q.

Uchrashuv rasmiy Tripolining AQShga qayta-qayta murojaati mahsuli ekani aytilmoqda.

Xususan, Liviya hukumati matbuot kotibi Mussa Ibrohim Tunisda o’tgan muloqotni “dialog” deya ta’riflaydi.

“Biz o’tmish sarqitlaridan qutulib, kelajakka intilib yashashni, muzokaralar davom etishini xohlaymiz”, - deydi u.

Musa Ibrohim iyun oyidagi chiqishida “Qaddafiy ketishi kerak deganlar bilan gaplashib ham o’tirmaymiz” degan edi.

Kuni-kecha 30 dan ziyod davlat, jumladan, Qo’shma Shtatlar va arab dunyosi Bing’ozi shahrida o’rnashib olgan muxolifat tuzgan boshqaruv kengashini qonuniy deb tan olgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qarorni tanqid qilib, fuqarolik urushi kechayotgan davlat ishlariga aralashib, yon bosib xato qilayapmiz, degan.

Liviya va Amerika diplomatlari yashirincha gaplashib oldi

Liviya va Amerika diplomatlari yashirincha gaplashib oldi

Isyonchilar esa armiya bilan olishib, neftga boy Brega shahrini qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan.

Biroq ko’chalarga joylangan minalar shahar uzra to’liq nazoratni qo’lga kiritishga to’sqinlik qilmoqda.

O’tgan hafta boshlangan bu jang 40 kishini hayotdan olib ketgan. Aksariyati minalardan o’lgan.

Muxolifat 24 odamidan ayrilganini aytsa, rasmiylar bu raqam bir necha bor ko’p, deydi.

Liviya hukumati so’zlovchisi Mussa Ibrohim ta’rificha, oppozitsiya qattiq talofat ko’rib, chekingan.

Hozir Liviyaning sharqiy va g’arbiy viloyatlari muxolifat qo’lida. Isyonchilar Qaddafiyning 42 yillik boshqaruvidan norozi bo’lib, salkam yarim yildan beri jang qilmoqda.

Qo’zg’olonchilarni qo’llab-quvvatlagan NATO samolyotlari kecha Tripoli aeroportida hukumat harbiy maqsadlariga xizmat qilgan radarni bombardimon qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG