O'zbekiston-AQSh: Amerikalik olima bilan o'zbekcha muloqot


AQShda O'zbekistonni, uning tarixi va bugunini o'rganayotgan yoshlar bor. Ayrimlari o'zbek tilida ravon so'zlaydi. Ular o'z bilimi bilan ikki davlat va xalq orasidagi aloqalar mustahkamlanishi uchun hissa qo'shishni istaydi. Lidiya Katedral - Illinoys universitetida doktorant.

Xo'sh, bu yosh tadqiqotchini O'zbekistonga nima tortadi?

U kabi Markaziy Osiyo xalqlari va mintaqaviy mavzularni o'rganayotgan yoshlar Amerikada ko'omi?

Bu mutaxassislar bugungi hamkorlik va rishtalar haqida qanday fikrda?

Ularning vatani Markaziy Osiyoda qanday manfaatlarga ega?

Mintaqaga borsa, amerikalik yosh olimlar aynan qayerlarda bo'lishni, kim bilan muloqot qilishni istaydi?

Bu izlanishlardan muddao va maqsad nima? Mintaqa va Amerikaga nima foyda?

Amerikada talaba bo'lishning o'ziga xos tomonlari va imkoniyatlar.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG