Malala Yusufzoy tengdoshlarini haqqini talab qilishga undamoqda

  • Amerika Ovozi

Malala Yusufzoy Iordaniyadagi tengdoshlari bilan

Malala Yusufzoy Iordaniyadagi tengdoshlari bilan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 8-mart Xotin-qizlar kunini keng nishonlab, dunyo bo’ylab ayollar uchun imkoniyatlar kengayishiga chaqirmoqda. Ayolini qadrlamagan jamiyat ravnaq topmaydi, deyiladi tashkilot chiqargan bayonotda.

Xotin-qizlar ahvoli og’ir Pokistonda yosh faol Malala Yusufzoy “Amerika Ovozi” bilan suhbatda jahon ayollarini, ayniqsa qizlarni o’z haqqini bilishga, o’zini hurmat qilishga va fikrini aytishdan qo’rqmaslikka undadi.

“Ovozingizni chiqarmasangiz, sizni hech kim eshitmaydi va dardingizni ichingizga yutib yashayverasiz. Ahvol o’zgarmaydi. Kelajagimiz yorug’ bo’lishi uchun o’zimiz harakat qilishimiz kerak”,- deydi Malala.

16 yoshli bu faol vatanida bilim olish uchun kurashib, 2012-yilda Tolibon tomonidan nishonga olingan edi. Qattiq jarohatlardan tuzalib, global miqyosda tenglik va ilm elchisiga aylangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG