Breaking News

Malala Yusufzoy: Ayol liderlar ko'payishi kerak


Malala Yusufzoy: Ayol liderlar ko'paysin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:10 0:00

Malala Yusufzoy: Ayol liderlar ko'paysin

Tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy Vashingtonda "Amerika Ovozi” Diva xizmati bilan uchrashib, ayollar huquqlarini himoya qilishda davom etishini ma’lum qildi. U, shuningdek, yangi hujjatli filmidan bir parcha ham namoyish qildi.

Pokistonda ta’lim olishni xohlagani uchun Tolibon o’qiga uchgan Malala Yusufzoy oradan uch yil o’tib, dunyo bo’ylab ayollar haq-huquqlarini himoya qilmoqda.

"Dunyodagi barcha ayollarga aytadiganim shu: o’zlariga ishonishsin, yetakchi bo’lish salohiyatiga ega ekanliklariga ishonishsin. Bizga yanada ko’proq shunday ayollar kerak”, - dedi Yusufzoy.

Yosh qiz oktabr oyida “U meni Malala deb nomladi” nomli yangi hujjatli filmini dunyoga taqdim etish niyatida. Filmda nega otasi unga jasur bir pashtun ayolining nomini bergani haqida hikoya qilinadi.

“Otam, shuningdek, onam boshidan menga ilhom manbai bo’lib kelgan. Qiyin paytlarda u Svot vodiysida ayollarning huquqlari va ta’limi uchun ochiq gapirgan. U menga o’z huquqlarimni talab qilishni o’rgatdi. Meni majburlamadi, balki men undan o’rgandim. Men zimmamga olgan bugungi vazifaning sababchisi u. Menga shunday qilishni buyurganlari uchun emas, balki o’zim xohlaganim uchun qildim bu ishlarni”, - deydi Yusufzoy.

Britaniyada kollej imtihonlarini endi topshirgan Malala AQSh universiteti talabalari tomonidan ham so’roqqa tutildi.

“Yoshning ahamiyati yo’q. Qahramon bo’lishingiz, Nobel mukofoti sovrindori bo’lishingiz mumkin. 18 yoshli qizning bunday yutuqlarga erishganini ko’rish qanday ajoyib”, - deydi Keysi Bar ismli talaba.

“Uning ovozi oddiy statistikadan ko’ra kuchliroqdir. Ma’lum sondagi qizlar maktabga bormasligini bilasiz. U dunyoga buning haqiqiy muammo ekanini ko’rsatib bera oldi”, - deyd Hina Baluch ismli ta’lim maslahatchisi.

Malala so’zlarining ham ayollarga, ham erkaklarga manfaatli bo’lishidan umidvor.

“Agar dunyoning yarim aholisi imkoniyatlardan mahrum bo’lsa va olg’a yura olmasa, biz olg’a yurishimiz va har bir davlatning taraqqiy topishiga hissa qo’shishimiz kerak. Bunda ayollar va erkaklarning to’liq qatnashishi muhim”, - deydi Nobel mukofoti laureati.

Malala Yusufzoy 18 yoshga to’lib, katta hayotga qadam qo’yar ekan, bundan buyon ham hozirgi ishlarini davom ettirish ahdida qat’iy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG