Mali va Fransiya qo'shinlari islomiy jangarilarni shimoldan siqib chiqarmoqda

  • Amerika Ovozi

Nigeriyalik askarlar Malida islomiy jangarilarga qarshi kurashda yordamlashmoqda

Nigeriyalik askarlar Malida islomiy jangarilarga qarshi kurashda yordamlashmoqda

Fransiya va Mali qo’shinlari ikki haftalik janglardan so’ng Mali shimolidan islomiy jangarilarni siqib chiqarishda davom etmoqda.

Tunda fransuz samolyotlari jangarilarning al-Qoidaga aloqador qo’mondonining uyini nishonga olgan. Strategik hisoblangan Gao shahri qayta qo’lga olingan.

Maliga yordam berayotgan Nigeriya va Chad harbiy qismlari shaharga kirib, xavfsizlikni ta’minlamoqda. Jangarilar kirganda qochgan shahar hokimi Gaoga qaytgan.

Qo’shma Shtatlar Fransiya samolyotlariga havoda yoqilg’i quyishda yordam berishini kecha ma’lum qilgan. Shuningdek, AQSh Maliga qo’shin yuborishi kutilayotgan boshqa Afrika davlatlari askarilari transportirovkasida ham qatnashadi.

Bugun Efiopiya poytaxti Addis-Abbebada Afrika Ittifoqi majlis qilmoqda. Malidagi vaziyat muhokamadagi asosiy masala.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG