Breaking News
Din

Malida jangarilar qadim obidalarni buzmoqda


Timbuktuda XIII-asrda bunyod etilgan masjid.
Timbuktuda XIII-asrda bunyod etilgan masjid.
Malida Ansariddin jangari guruhi musulmon dunyosi me’moriy obidalarini buzishga kirishgan.



Qadim Timbuktu shahridagi bu manzillar islomga zid, deydi ular. Mali ahli tashvishi shuki, qancha qarshi gapirilsa, xalqaro hamjamiyat qancha e’tiroz bildirsa, Ansariddin shuncha g’azab bilan javob qaytaradi va buzg’unchilikka zo’r beradi.

Ekstremist guruhlar me’moriy obidalarni yer bilan yakson qilib, o’z qarorini diniy qarashlar bilan izohlab keladi. Bu butlar, masjid va maqbaralar soxta, tom ma’nodagi diniy qadriyatlarni haqorat qiladi, deydi ular.

Timbuktu ahlining bildirishicha, Ansariddin guruhining bu bayonotlari ortida boshqa sabablar bor. Jangarilar tarixiy obidalar ahamiyatini tushunmay, omilik qilmoqda, deydi ular.

Timbuktulik adib va tarixchi, ismini oshkor etmagan mana bu suhbatdosh fikricha:

“Bu yerlarni birov ilohiylashtirayotgani yo’q. Avliyolar, muqaddas qadamjo, maqbaralar deb aytishadi haqiqatan. Lekin insonlar bu yerga kelib, pok yashagan, hayotini yaxshilikka baxshida etgan ajdodlarga hurmat-tavoze bildiradi, xolos”.

Uning aytishicha, Timbuktu musulmonlar hamisha yaratganga e’tiqod qilib kelgan.

Maliliklar “Amerika Ovozi” bilan suhbatda Ansariddin izohi bahona xolos, deya tushuntiradi. Gap islomda emas, balki guruh va g’arb o’rtasida kechayotgan azaliy kurashda.

Deputat Haydara al-Hojibobo:

Uningcha, Ansariddin xalqaro hamjamiyatga bas kela olishini namoyish etmoqchi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qadim shahar Timbuktu xavf ostida deya e’lon qilgani zahoti jangarilar uni buzishga kirishgan.

Xalqaro Jinoiy Sud buni harbiy jinoyatlar bilan qiyoslab, bas qilishga chaqirar ekan, deputat teskari natija kutmoqda:

Tanqid Ansariddin guruhining shijoatini oshiradi, deb hisoblaydi u.

UNESCO nazarida sukut saqlab o’tirish yaramaydi.

May oyida tuareg isyonchilari va jangarilar Mali shimolini egallab olib, me’moriy obidalardan birini vayron qilgan edi. Voqea jahon hamjamiyati e’tiroziga sabab bo’lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mali shimolida terrorchilar faollashib borayotganidan tashvishda. Xavfsizlik Kengashi bugun mintaqada al-Qoidaning Islomiy Mag’rib qanoti mahkam o’rnashib olgani haqida rezolyutsiyani ma’qulladi.

Kengash odam og’irlashlar, noqonuniy qurol savdosidan tashvishda va Malidagi vaziyat qo’shni davlatlarga ta’sir qilishi mumkin, deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG