BMT: Maliga avval rejalanganidan ko’proq askar jo’natish zarur

  • Amerika Ovozi

Diabali, Mali

Diabali, Mali

BMT rasmiylarining aytishicha, Maliga avval aytilganidan ko’proq xalqaro qo’shin jo’natish zarur bo’ladi.

Afrika davlatlari qo’shni bu yurtga 3300 askar yuborishni va’da qilgan, lekin shimoldagi jangarilarni yengish uchun ko’proq kuch kerak, deydi BMT elchisi Yusuf Bamba.

Hozir Malida afrikalik 1000 zobit bor. Mamlakat favqulodda moliyaviy va logistika-transport yordamiga muhtoj.

Fransiya va Mali zobitlari janubga kirib borayotgan jangarilarni chekinishga majbur qilgan.

Bu davlatda o’tgan yili ro’y bergan harbiy to’ntarish natijasida beqarorlikdan foydalangan ekstremistlar shimolni butunlay egallab olgan edi.

Ikki hafta davomida fransuz havo kuchlari jangarilar manzillarini o’qqa tutgan, talofatlar orasida oddiy fuqarolar yo’q, deydi jurnalistlar. Lekin hududda yegulik, dori-darmon yetishmayapti.

Bugun mamlakatda 2 ming fransuz harbiysi bor, yana 500 nafari yetib kelishi kerak. Chad 2 ming, Nigeriya 1200, Benin 650, Burkina Faso, Niger, Senegal va Togo 500 tadan, shuningdek Gvineya va Gana ham qo'shin va'da qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG