Malida jangarilar safida bo’linish

  • Amerika Ovozi

Malilik askar Bamakodagi aeroportni qo'riqlamoqda. AQSh fransuz askarlarini manzilga eltishda yordam berayapti.

Malilik askar Bamakodagi aeroportni qo'riqlamoqda. AQSh fransuz askarlarini manzilga eltishda yordam berayapti.

Malida mahalliy va xalqaro qo’shinlar bilan jang qilayotgan Ansariddin jangari guruhidan ayrim isyonchilar ajralib chiqqan va endi hukumat bilan muzokara o’tkazishga rozi.

Yangi tuzilgan guruh – Azavad islomiy harakati ekstremizmga qarshi kurashish niyatida.

Ansariddin oqimi va isyonkor tuareg qabilasi o’tgan yilning bahorida harbiy to’ntarish paytida birlashgan edi. Bu kuchlar hukmron shimolda keskin sha’riy qoidalar joriy etilgan.

Hozir Malida fransuz va Afrika askarlari ektremistlar bilan kurashib, janubiy shaharlarga yo’latmay keladi. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton kecha Kongressda qilgan chiqishida Mali terrorchilar makoniga aylanib bormoqda, dedi.

Qo’shma Shtatlar va ittifoqchilar Malining qo’shnilari bilan ishlab, mintaqada xavfsizlikni yaxshilashga harakat qilmoqda, lekin bu davlatlarda zaxira, salohiyat yetarli emas.

Hafta boshida huquq tashkilotlari Mali askarlarini sudsiz, asossiz qatl etishlarda, inson huquqlarini keng ravishda poymol qilayotganlikda ayblab chiqqan.

Xususan, 10-yanvar kuni Sevare, Mopti va Nioro shaharlarida harbiylar qatliom sodir etgan, deydi Inson huquqlari xalqaro ligasi rasmiylari va mamlakatda mustaqil tergov o’tkazish lozim.

Malida urush:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG