Malida jangari guruhlar birlashmoqda

  • Amerika Ovozi

Mali shimolida o’rnashib olgan islomiy jangarilar mamlakatdagi asosiy separatist guruh bilan birlashganini ma’lum qilayapti.

Azavad islomiy harakati vakilining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, guruh Ozodlik milliy harakati bilan uyushishga kelishib olgan.

Taraflar mayda qo’shma majlis o’tkazib, bitim rasman kuchga kirishi kutilmoqda.

Jangarilar Mali shimolida muxtoriyat tuzilishini talab qilib keladi.

O’tgan yilning bahorida mamlakatda harbiy to’ntarish ro’y berib, isyonchi kuchlar beqarorlikdan foydalanib shimoliy viloyatlarni bosib olgan.

Mintaqa uchun kurashda Mali armiyasiga qo’shni davlatlar va Fransiya armiyasi yordam berayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG