"Amerika Ovozi" jamoatchi muxbirini professional jurnalist deb biladi

  • Amerika Ovozi

Malik Mansur (Abdumalik Bobayev) Toshkentda AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleykka mikrofon tutib turibdi. Ushbu rasm (o'tgan yili olingan) orqali prokuratura sudga Abdumalik Bobayev singari shaxslar chet el puli bilan O'zbekistonda qarshi tuhmat qilib

Malik Mansur (Abdumalik Bobayev) Toshkentda AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleykka mikrofon tutib turibdi. Ushbu rasm (o'tgan yili olingan) orqali prokuratura sudga Abdumalik Bobayev singari shaxslar chet el puli bilan O'zbekistonda qarshi tuhmat qilib

Toshkentda "Amerika Ovozi" O'zbek xizmatining uzoq yillik jamoatchi muxbiri, Malik Mansur taxallusi ostida ishlagan Abdumalik Bobayev o'z reportajlari orqali tuhmat, haqorat va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlikda aybdor deb topildi.

Jurnalist mutlaqo aybsiz ekanini aytadi. Unga chegarani noqonuniy kesib o'tganlikda aybi ham qo'yilgan edi. Hukmga ko'ra, u bu borada oqlangan.

"Amerika Ovozi", dunyo bo'ylab 45 tilda efirga axborot tarqatadigan teleradio o'z muxbirini haqiqiy jurnalist deb biladi va tashkilot nazarida yuqoridagi barcha ayblovlar asossiz.

Tashkilot direktori Den Ostin aytganidek, Abdumalik Bobayev o'z kasbini sidqidildan bajargani uchun jazolanmasligi kerak. "Muxbirimiz "Amerika Ovozi" jurnalistik prinsiplariga rioya qilgan holda xabar va lavhalar uzatgan", - deydi u.

Malik Mansur yoritgan mavzular va u Toshkentdan uzatgan materiallarni saytimizda o'qib, tinglashingiz mumkin. Qidiruv bo'limidan...

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG