Kapitoliy oldida bir kishi o’zini yoqqan

  • Amerika Ovozi


Vashingtonda, Kapitoliy ro’parasida kecha bir odam o’ziga o’t qo’ygan. Guvohlarning aytishicha, qora tanli bu shaxs o’zining ustidan benzin sepib, keyin gugurt yoqqan.

O’sha atrofdagi odamlar shosha-pisha, qo’lida bor narsa bilan o’tni o’chirishga tushgan. Shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli og’ir. Politsiya voqea ortidagi sabablar haqida sukutda.

Bu orada, Amerika rasmiylari Kapitoliy yonida otishmaga sabab bo’lgan ayolning xatti-harakatini tergov qilmoqda. Qora tanli bu ayol mashinada Oq uy yonidagi to’siqlarni buzib o’tishga uringan.

Politsiya uning ketidan quvib, Kongress binosi yaqinida otib o’ldirgan edi. Mashinada bir yoshli farzandi ham bo’lgan. 34 yoshli Miriam Keriyning oilasi payshanba kungi fojeadan hayratda.

Singlisining aytishicha, ayol avgustda bolali bo’lganidan so’ng ruhiy tushkunlikka tushgan, shundan beri o’ziga kelolmay yurgan.

Politsiyaning bildirishicha, bir yoshli qizaloqqa ziyon yetmagan. Otishmada ikki politsiyachi jarohatlangan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG