Nelson Mandela oxirgi manzilida - ona qishlog'ida

  • Amerika Ovozi

Jahon ahli Nelson Mandela, Janubiy Afrika Respublikasida irqchilikka qarshi kurashib global qahramonga aylangan shaxs bilan vidolashmoqda. Mandela o’tgan hafta 95 yoshida vatanida vafot etdi.


Yer shari bo’ylab, siyosiy va diniy rahbarlardan tortib, oddiy odamlargacha, bu buyuk inson qilgan ishlarni yodga olmoqda, unga tasannolar aytmoqda.

Butun Afrika qit’asi motamda. Xotira marosimlari o’tmoqda.

Yurtdoshlar Pretoriya shahrida Nelson Mandelaning tobuti oldiga borib unga oxirgi so’zlarini aytdi.

Bugun tobut marhumning ona qishlog’i Qunu tomon yo'l olarkan, uni kutib olish uchun minglab odam chiqdi. Mandela shu yerda dafn etiladi.

1960-yilda uni adolat talab qilgani uchun qamoqqa tashlashayotganida Mandela shunday so’zlar aytgan:

“Qonun meni jinoyatchi deb topdi, qilmishim uchun emas, kurashgan g'oyalarim, fikrim va vijdonim uchun”.

Mandela 27 yil zindonda o’tirgan. Chiqqach tenglik va erkinlik uchun kurashni yanada avj oldirib, 1994-yilda prezidentlikka saylangan. Davlatini demokratiya tomon yetaklab, muddati bitgach hokimiyatni keyingi, xalq ovozi bilan saylangan kishiga topshirgan. Butun umri davomida adolat va murosani targ’ib qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG