Nyu-Yorkning Manxetten rayonida portlash, 29 odam jarohat olgan

  • Amerika Ovozi

Manxettendagi portlashdan so'ng, 17-sentabr, 2016-yil

Manxettendagi portlashdan so'ng, 17-sentabr, 2016-yil

Nyu-Yorkning osmono'par binolar joylashgan Manxetten rayonida shanba oqshom portlash yuz berib, 29 odam jarohat olgan. Voqea rayonning Chelsi mahallasida ro'y bergan. Yaqin atrofdagi uy va imorat oynalari chilparchin bo'ldi, odamlar vahimada har tomonga qochgan.

Nyu-York hokimi Bill DeBlazioga ko'ra, xuruj ataylab uyushtirilgan, ammo unga terrorchilar qo'l urganmi yoki boshqalar, ma'lum emas.

Bomba ikki metrlik metal idish ichida portlagan. Mahalla atrofidagi metro va avtobus qatnovi vaqtincha to'xtatildi. Voqea sodir bo'lgan joyda yuzlab politsiyachi va o't o'chiruvchi to'plangan.

Politsiya va xavfsizlik xizmatlari vakillari Nyu-Yorkka doir terror tahdidi haqida ma'lumot olinmaganini aytishmoqda. Shanba kungi portlash ko'cha kameralariga tushgan.

Shu kunlarda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida qatnashish uchun dunyo rahbarlari to'planmoqda, xavfsizlik choralari kuchli.

Manxettenda portlash sodir bo'lgan joydan bir necha daha nariroqda portlamay qolgan moslama topilgan, politsiya buni ham tergov qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG