Breaking News

Qo'shma Shtatlar dunyo bo'ylab ayollarni rag'batlantiruvchi yangi dastur e'lon qildi


Qo'shma Shtatlar dunyo bo'ylab ayollarni rag'batlantiruvchi yangi dastur e'lon qildi
Qo'shma Shtatlar dunyo bo'ylab ayollarni rag'batlantiruvchi yangi dastur e'lon qildi

"100 ayol tashabbusi" deb nomlangan ushbu dastur xotin-qizlarga xalqaro almashinuv dasturlari orqali qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Jahon bo'ylab Xalqaro xotin-qizlar kunining 100 yilligi nishonlanar ekan, AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton yangi dastur bilan chiqdi. "100 ayol tashabbusi" deb nomlangan ushbu loyiha xotin-qizlarga xalqaro almashinuv dasturlari orqali qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Shu hafta 92 davlatdan 100 nafar ayol ishtirokida uch haftalik professional almashinuv programmasi boshlandi. Davlat departamentidagi uchrashuv chog'ida Klinton ayollar ijtimoiy ahvolini yaxshilash orqali qashshoqlik va ocharchilik kabi muammolarni hal qilish mumkin, dedi.

"Xotin-qizlarga sarmoya qilib, ko'p foyda ko'ramiz", - deydi u.

Xillari Klintonning aytishicha, ayollar har sohadagi muvaffaqiyatlari bilan boshqalarni ruhlantiradi. Davlat kotibi almashinuv dasturlarining ahamiyatiga ham urg'u berdi.

"Turli mamlakatlardan bir joyga to'plangan odamlar bir-biri bilan muloqot qilib, tajriba almashadi, o'zaro kuch bag'ishlaydi", - deydi Klinton.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG