Markaziy Osiyo siyosatchilari Bundestag faoliyati bilan tanishdi


"Ular Germaniyada parlament roli qanday ekanini ko’rdi. Hech kim mintaqa davlatlariga bu modelni tanlang, u eng yaxshi demokratik model deyayotgani yo’q. Lekin Bundestag xavfsizlik sektorini nazorat qilish bobida namuna bo’la oladigan, effektiv ishlaydiga

"Ular Germaniyada parlament roli qanday ekanini ko’rdi. Hech kim mintaqa davlatlariga bu modelni tanlang, u eng yaxshi demokratik model deyayotgani yo’q. Lekin Bundestag xavfsizlik sektorini nazorat qilish bobida namuna bo’la oladigan, effektiv ishlaydiga

26-29 oktabr kunlari Berlinga Markaziy Osiyoning to’rt respublikasidan qonunchilar va rasmiylar taklif etilib, G’arb siyosatdonlari va tahlilchilari bilan xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik xususida fikr almashdi.

Tadbir tashkilotchisi - AQSh va Germaniya tomonidan yuritiladigan Jorj Marshall tadqiqot markazi. 1993 yilda ochilgan bu dargoh xavfsizlik va mudofaa bo’yicha izlanish va malaka oshirish instituti bo’lib, “Ishonch va Do’stlikka Asoslangan Demokratiya” degan shior ostida faoliyat yuritadi.

Markaziy Osiyo siyosatchilari Bundestag faoliyati bilan tanishdi

Markaziy Osiyo siyosatchilari Bundestag faoliyati bilan tanishdi

Jorj Marshall markazi direktor muovini Jeyms Makdugal (Dr.James MacDougall) "Amerika Ovozi" bilan suhbatda bayon qilishicha, Berlindagi uchrashuvlarda demokratik parlamentlar va ularning xavfsizlik sektori hamda qurolli kuchlar ustidan nazoratini mustahkamlash qanchalik muhim ekani haqida gap ketgan.

Bu loyiha Germaniya Mudofaa vazirligi va Bundestag, nemis parlamenti hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bundestagda Germaniya-Markaziy Osiyo guruhi bor.

Jeyms Makdugal mintaqaviy muammolarni yechish uchun mintaqaviy yondashuv zarur deydi. Jorj Marshall markazi, deydi u, butun Markaziy Osiyoni qiynayotgan masalalarga diqqat qaratib, yechimlarni topish yo’lida hukumat va nohukumat tashkilotlarni birdek jalb etish kerak deb hisoblaydi.

Xususan chegara nazorati, qoradori savdosiga qarshi kurash yoki Afg’onistondagi vaziyat. Bular har bir davlatni o’ylantiradigan masalalar, deydi Makdugal.

Qo’shma Shtatlar va Yevropa mintaqa bilan ishlashda shu yo’ldan borayapti, ya’ni regionni birgalikda harakat qilishga undamoqda.

O'zbekiston delegatsiyasi, Berlin, 29 oktabr 2010

O'zbekiston delegatsiyasi, Berlin, 29 oktabr 2010

Davra suhbatlarida bildirilgan xavotirlardan biri shuki, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni bayroq qilib ko’targan tashkilotlar hamkorlikni emas, aslida raqobatni kuchaytirmoqda. Ularning missiyalarini aniqlashtirish, konkret maqsadlarni belgilab olish zarur degan gaplar aytilgan.

Qonunchilar va siyosiy faollar orasida qaysi tashkilot yaxshi ishlab, qay biri samara bermagani haqida qarashlar turlicha. Lekin ular bir narsada hamfikr: mintaqada tashkilot ko’p, lekin ularning nima bilan mashg’ul ekanini tushunish qiyin, deydi Makdugal.

Marshall markazi vakili biror blok yoki uyushma haqida gapirmaydi.

Lekin Markaziy Osiyoda ishlaydigan yirik xalqaro organlarga Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti yoki Shanxay Hamkorlik Tashkilotini misol qilib keltirish mumkin.

Jeyms Makdugal, Jorj Marshall markazi direktor o'rinbosari

Jeyms Makdugal, Jorj Marshall markazi direktor o'rinbosari

Tashkilotlar samara berishi uchun nima qilmoq kerak? Mintaqa vakillari biror yechimlar taklif qilayaptimi deb so’raganimizda, Marshall markazi direktor o’rinbosari Berlindagi yig’in muhokama bilan cheklanganini aytadi.

Odamlar bir-birining fikrini tinglab, o’z mulohazalarini bildirganining o’zi katta gap, deydi u.

“Bizning seminarda qatnashganlarning hammasi xavfsizlik tashkilotlari ochiq va regional manfaatni ko’zlab ish tutishi kerak dedi. Maqsad raqobat emas, mintaqaviy manfaat bo’lishi kerak degan gaplar aytildi”,- deydi Makdugal.

G’arb rasmiylari Markaziy Osiyo bilan aloqalar, bu jamiyatlarga yordam haqida gap ketganda, siyosiy taraqqiyot bu davlatlarning o’z qo’lida deb, maqsad ularga aql o’rgatish emas, ko’mak berish ekanini aytadi.

Jorj Marshall markazi mudofaa va xavsizlik borasida malaka oshirish yoki bilim olish imkoniyatini taklif qiladi.

“Albatta, ular suveren davlat sifatida o’zi istagan tarzda qadam tashlash, rivojlanish huquqiga ega. Ular o’z konstitutsiyasi va organlariga ega. Kim kimga javob berishi va mas’uliyatni ularning o’zi hal qiladi”, - deydi Makdugal.

AQSh va Germaniya tomonidan yuritiladigan, Jorj Marshall nomli xavfsizlik va mudofaa bo’yicha tadqiqot markazi 1993 yilda ochilgan

AQSh va Germaniya tomonidan yuritiladigan, Jorj Marshall nomli xavfsizlik va mudofaa bo’yicha tadqiqot markazi 1993 yilda ochilgan

Markaziy osiyolik mehmonlar Bundestag faoliyati bilan yaqindan tanishgan.

"Ular Germaniyada parlament roli qanday ekanini ko’rdi. Hech kim mintaqa davlatlariga bu modelni tanlang, u eng yaxshi demokratik model deyayotgani yo’q",- deydi Makdugal.

"Lekin Bundestag xavfsizlik sektorini nazorat qilish bobida namuna bo’la oladigan, effektiv ishlaydigan organ”.

Markaziy Osiyoda parlamentlar bugun nimaga qodir yoki qodir emas? Jeyms Makdugal bu savolga javob berishni yoki vaziyatni baholashni istamaydi.

“Biz Markaziy Osiyo respublikalarini demokratik tamoyillar, fuqaro va harbiylar orasidagi munosabatni aniqlashtiruvchi prinsiplarni qabul qilishga chaqirgan bo’lar edik”, - deydi Marshall markazi vakili.

“Lekin qarorlarni har bir davlatning o’zi qabul qiladi, u ularning ishi”,- deydi Jeyms Makdugal.

Bu seminarga O’zbekistondan borgan delegatsiya tarkibida Milliy Xavfsizlik Kengashida katta maslahatchi Azamat Toshev, Qonunchilik Palatasi rais o’rinbosari Ulug’bek Muhammadiyev, Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha qo’mita raisi Qodir Jo’rayev va qo’mita a’zosi Xudoyor Mamatov bo’lgan. Shuningdek, O’zbekistonning Berlindagi elchisi Dilshod Axatov va boshqa diplomatlar ishtirok etgan.

Qirg’izistonda parlament yangilanar ekan, deputatlar emas, Ayollar Kongressi prezidenti Zamira Akbagisheva va yaqingacha Mudofaa vaziri bo’lib ishlagan Kubanishbek Uruzbayev borgan.

Qozog’iston va Tojikistondan jami yetti deputat taklif etilgan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG