Merilend shtatidagi savdo majmuasida otishma, uch kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Kolumbiya, Merilend shtati

Kolumbiya, Merilend shtati

Merilend shtatining Kolumbiya shahridagi yirik savdo markazida shanba kuni ertalab 11:30 larda qurollangan bir kishi o't ochgan.

Guvohlarning aytishicha, u odamlarni garovga olishga harakat qilgan. Ikki kishini o'ldirgan shaxs keyin o'zini nishonga olgan.


Politsiya va ztez yordam zudlikda yetib kelgan lekin insonlarning hayotini asrab qolishga muvaffaq bo'lmagan.

Marhumning yonidan o'q-dori chiqqan. Kompleks hozirda yopiq va tergov ishlari avjida. Rasmiylar aniq ma'lumotlarsiz izoh berish qiyin, deydi.

Hujumchi yakka holda harakat qilgan, deydi politsiya xodimlari. 1971-yilda bunyod etilgan, to'rt universal do'kon va 200 ga kichik salon va magazinlar joylashgan kompleks odatda gavjum.

100 mingga yaqin aholiga ega Kolumbiya poytaxt Vashingtondan mashinada 45 minutlik yo'l. Baltimor shahriga yaqin.

Voqea yuz bergan Xovard tumanining politsiya boshlig'i Bill Makmaxon deydiki, otishma ovqatlanib o'tirgan odamlar yonida sodir etilgan. O'lganlardan ikki nafari, ya'ni begunoh insonlardan biri erkak, boshqasi ayol, 20 yoshlardagi ishchilar. O't ochgan shaxs kim ekani haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmayapti.

Shunisi aniqki, uning avtomati bo'lgan va katta miqdorda o'q-dorisi. Jami besh kishi zarar ko'rgan, ulardan biri yaralangan, qolganlar lat yegan xolos.

"Amerika Ovozi" xodimi Mo Mo Xtun voqea paytida oilasi bilan o'sha joyda bo'lgan:

"Kofe ichib o'tirgan edik. Birdaniga o'q ovozi eshitila boshladi, kamida uch marta eshitdim. Tashqarida qurilish bo'layotgan edi, balki o'sha yerda nimadir portlatishayotgandir deb o'yladim. Keyin qarasam yonimizda kimdir o't ochibdi. Odamlar qo'rquvdan baqira boshladi. Yugur yugur boshlandi..."
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG