Sog'lom ona, sog'lom farzand

  • Amerika Ovozi

Onalar, homilador ayollar orasida o'lim ko'rsatkichi, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda yuqori

Onalar, homilador ayollar orasida o'lim ko'rsatkichi, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda yuqori

Har yili kamida 300 ming ayol og’iroyoq payti yoki to’lg’oq tutgan damda jon beradi. Ko’pi rivojlanayotgan davlatlarda.

Homilador ayol, xususan qon ketishidan kuyadi. Amerikada olimlar mana shu hollarning oldini olish, ona hayotini saqlab qolishning yangi yo’llarini izlamoqda.

Qani endi dunyoga kelgan har bir bola sog’-salomat, ona ham baquvvat bo’lsa. Holbuki, har yili yuz minglab ayollar hayotdan bevaqt ko’z yumadi.

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Ona salomatligi va ayollar orasida o’lim holatlarini kamaytirish – Birlashgan Millarlar Tashkiloti o’z oldiga qo’ygan dolzarb vazifalardan. 2015 yilga qadar salmoqli yutuqlarga erishish ko’zlangan.

Vashingtonda jam bo’lgan vrachlar deydiki, homilador juvonlar orasida o’limning oldini olish mumkin. Muhimi, xotin kishi ginekolog ko’rigidan muntazam o’tishi, tajribali doyalar xizmatidan foydalanishi kerak.

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Debra Armbruster, hamshira, USAID, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligida ishlaydi.

“Ayollar malakali mutaxassis ko’rigidan o’tib tursa, sog’liqdagi jindak o’zgarishni darrov payqash mumkin. Qon ketish alomatlarini oldidan bilsa bo’ladi. Shunda homilador ayollar, onalarni saqlab qolamiz. O’libdi ekan deb qarab, qo’l qovushtirib o’tirmaymiz”.

Hamshiraning aytishicha, ba’zi ayollar kasalxonada emas, uy sharoitida tug’ishni afzal biladi. Muammo chiqsa, tez yordam chaqirish o’rniga, o’tib ketar deb kutadi. Natijada kech bo’ladi.

Kasalxonaga boraman desa, yana muammo – mashinaga o’tirish, o’nqir-cho’nqir yo’ldan uzoq yurish kerak. Ustiga ustak, tibbiy xizmat uchun mablag’ yo’q ayrimlarda. Ba’zida kerakli qon zaxirasi bor kasalxonani topish ham qiyin.

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Rivojlanayotgan davlatlarda ayollar ko’pincha bolani uyda tug’adi, jumladan Bangladeshda. Mahalliy vrachlar ayollarga osonroq bo’lsin deb, alohida paketlar tarqatadi. Unda suyuqlikni tez shimib oladigan maxsus mato bor.

Ko’rib turganingizdek, to’lg’oq tutgan ayolning tagiga mana shu mato to’shaladi. Agar mato qonga to’lib, jiqqa ho’l bo’lsa, bilingki, ahvol og’ir va tezkor yordam kerak. Homilador ayol o’ta ko’p qon yo’qotgan.

Yaqin-atrofdagi kasalxonagacha ikki soatlik yo’l.

Ungacha ona yo hushdan ketadi, yo o’ladi.

Boshqa usullar: rezinadan ishlangan taglikka tushgan qon sekin oqib, maxsus idishga quyiladi. Maxsus ishlangan bog’ichlar bilan homilador ayol mahkam bog’lanadi. Shokdan saqlovchi bu yopinchiq yordam kelguncha dardni yengil qiladi.

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Sog'lom ona, sog'lom farzand

Qon ketishini to’xtatuvchi dorilar ham bor. Doktor Shabnam Shahnozning aytishicha, bu dori-darmon byurokratiya-qog’ozbozlik bois tez tarqatilmaydi.

“Hukumatning qo’lida bor bu dorilar. Bir dunyo. Tez-tez sotuvga chiqarish kerak”, - deydi vrach.

Ayrim faollar tibbiy kadrlarni puxta o’qitish kerak, deya undaydi. Biroq doctor Shabnam Shahnoz nazarida muhimi – ayollar o’z salomatligi bilan shug’ullanishi muhim.

“Doktorlardan so’rang, uyalmang! Talab qiling! Bu juda muhim. Har bir ayol o’z huquqini talab qilishi, sog’-omon bo’lishi kerak. Eng zarur qadam mana shu deb bilaman”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG