O'zbekiston: Karimov erkinlik haqida bong urgani erkinlik bor degani emas


O'tgan hafta Toshkentda mustaqil jurnalist, huquq himoyachisi Dmitriy Tixonov kaltaklangan. Tixonov ona shahri Angrendagi nohaqliklarni yoritib kelayotgan edi.

O'tgan hafta Toshkentda mustaqil jurnalist, huquq himoyachisi Dmitriy Tixonov kaltaklangan. Tixonov ona shahri Angrendagi nohaqliklarni yoritib kelayotgan edi.

O'zbekiston so'z erkinligi bag'oyat cheklangan davlatlardan biri. Prezident Islom Karimov yaqinda o'tgan qasamyod marosimida fuqarolarni konstitutsion huquqlardan foydalanishga chaqirib, so'z va matbuot erkinligi kafolatlanganini ta'kidlaganiga qaramay, jurnalistlar qamoqda, hukumatni tanqid qilish tazyiq va sudlanishga yetaklaydi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasiga ko'ra, O'zbekiston hukumati matbuot erkinligi va jurnalistlar huquqini buzishda liderlik qilib keladi. Mustaqil matbuot deyarli yo'q, internetga to'siqlar qo'yilgan va mustaqil jurnalistlar panjara ortida.

O'tgan hafta Toshkentda mustaqil jurnalist, huquq himoyachisi Dmitriy Tixonov kaltaklangan. Tixonov ona shahri Angrendagi nohaqliklarni yoritib kelayotgan edi. U o'zining so'nggi maqolalarida shaharda Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga bag'ishlangan yodgorlik buzilgani haqida ma'lumot bergan edi. Jurnalist, shuningdek, paxta va majburiy mehnat xususida ham tanqidiy materiallar berib keladi. Yaqinda Vashingtonga safar qilganida, "Ameriika Ovozi" bilan bu borada uzoq suhbatlashgan edi.

Tixonovning safdoshi, mustaqil jurnalist Vasiliy Markov deydiki, bu hujum avvaldan rejalangan bo'lsa ajabmas. Angrendagi yodgorlik olib tashlangach Tixonovni qoralashga qaratilgan kampaniya boshlandi va albatta, so'nggi hujum oddiy bezorilik emas degan fikr hukmron. Xullas bularning hammasi jurnalistlarni qo'rqitishga qaratilgan, deydi Yanishev.

Tazyiqlar sabab ko'plab jurnalistlar mamlakatni tark etgan, ayrimlari hamon qamoqdan ozod etilmagan.

“Gap faqat jurnalistlar bilan yuzaga kelayotgan hodisalar, kaltaklanish yoki statistik ma'lumotlarga asos bo'luvchi boshqa voqeliklarda emas, tuzumda. Tuzum boshida turganlarning jurnalistlar, matbuot va inson huquqlariga munosbatida. Shu mano'da prezident yangi muddatni boshlayotgani, uning ichgan qasami biror umid yug'otayotgani yo'q. Agar uning salomatligi joyida bo'lsa, biz kelasi safar ham yangi qasamyodga guvoh bo'lishimiz mumkin, lekin so'z erkinligiga doir o'zgarishlarga emas”, - deydi Sid Yanishev.

Mustaqil jurnalist Vasiliy Markov tazyiqlar bois faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgan. Karimov ilk bor konstitusiyaga sodiqlik haqida qasam ichayotgani yo'q.

"Karimov har doim konstitutsiyaviy huquqlar kafolati haqida gapirib kelgan, lekin bundan nima naf? Agar qonunchilikka qarasak, yomon emas, ammo buni amalda qo'llash uchun iroda kerak-ku. Nazarimda, O'zbekistonda so'z erkinligi hech kimga, hatto aholiga ham kerak emasdek. Odamlar bo'layotgan voqealarni faqat ko'cha-ko'yda eshitishga, oshxonada muhokama qilishga allaqachon o'rganib ketishgan. Shuning uchun O'zbekiston hali-beri matbuot erkinligi bo'yicha qora ro'yxatdagi o'rnini hech kimga bermaydi, deyish mumkin. Buning uchun mamlakatda, hukumat ham, odamlar munosabati o'zgarishi kerak. Afsuski, so'nggi yillarda xalqaro tashkilotlarning O'zbekiston haqidagi fikrlari hukumat uchun biror bir ahamiyatga ega bo'lmay qoldi, bu fakt”, - deydi Vasiliy Markov.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG