Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

  • Amerika Ovozi

Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

Internetda ijtimoiy muloqot tizimlari sifatida tanilgan sahifalar odamlar orasidagi aloqani ko’p jihatdan o’zgartirib yuborgan. Buning har bir sohaga o’z ta’siri bor, jumladan tibbiyot va sog’liqni saqlashga.

Ba’zida kasalxonaga borish kerak bo’lib qoladi. Shunaqa payt qo’l telefonini olib, internetga kirib, ko’rik vaqtini belgilasang.

Vrach resept bilan bergan dori tugadi deylik, internet orqali yana bitta resept so’rab olsang. Savol bo’lsa ham shu.

Tezyordamda ishlaydigan doktor internetga kirib, shaxsiy anketangni ko’rsa, tashxis qo’ysa.

Shifokor bilan global tarmoqda gaplashilsa. Vaqt ham tejaladi. Navbatda turmaydi hech kim. Atrofga qarang - Internetning qo’li haqiqatan tibbiyotga ham yetib borgan.

Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

Doktor Jeff Livingston Texasdada, Makartur kasalxonasida ishlaydi. Global tarmoqsiz hech narsa qila olmaydi.

Doktor Livingston va uning hamkasblari “Facebook” kabi ommabop saytlardan keng foydalanadi. Bemorlar bilan gaplashish oson.

“Bemorga taalluqli ma’lumotning bari mana shu tizimga joylangan. Men nimani ko’rsam, kasal ham o’shani ko’radi. Shifokor qaydlari, bemor qachon kelib-ketgani, laboratoniya analizlari”,- deydi shifokor.

Bemor istasa, vrach bilan gaplari hech kimga yetib bormaydi. Agar umumiy axborot kerak bo’lsa, saytdagi forum-muhokamalardan o’zlariga xulosa chiqarib olishlari mumkin.

Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

Internet asrida shifokor-bemor qanday gaplashmoqda?

“Mijozlarimiz sog’liqni saqlash tizimini bilsa, deymiz. “Facebook”da ham o’zimizning sahifamiz bor. “MySpace”da ham. “Twitter” orqali xabarlar jo’natib turamiz. Minglab odamlar kuzatib boradi bu sahifalarni. Bilishimizcha, bemorlarga shunisi qulay ekan”,- deydi doktor.

Mana shunday bemorlardan biri Kristi Fransisko:

“Internetga kirib, laboratoriya tekshiruvi natijalarini darrov ko’raman. Ko’nglim tinchiydi. Boshqa yumushlarimga kirishaman. Kasalxonaga borishga hojat yo’q”.

Kristining aytishicha, sistema shunaqaki, vrach internet orqali reseptni dorixonaga jo’natadi. Aptekaga ikki bor qatnash kerakmas – doktor jo’natadi, Kristi borib oladi.

Makartur kasalxonasi “Sage" kompaniyasi tomonidan ishlangan kompyuter programmasini qo’llaydi. Kompaniya rasmiylarining aytishicha, tizim ishonchli va bemorga doir ma’lumot begonaning qo’liga tushmaydi.

Doktor Livingston so’zlariga ko’ra, yangi sistema ishni osonlashtirgan. Qog’ozbozlik, ko’p vaqt oladigan tekshiruvlar endi yo’q.

Bu islohotning yana bir ijobiy jihati – doktor va bemorning munosabatlari yaxshilangan. Sistema qulay, odamni charchatmaydi. Savol bormi, darrov global tarmoqqa kirib, vrachga yozasiz va tezda javobini olasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG