Yana bir demokrat senator Eron bilan imzolangan yadroviy bitimga qarshi

  • Amerika Ovozi

Nyu-Jersi shtatida demokrat senator Robert (Bob) Menendez

Nyu-Jersi shtatida demokrat senator Robert (Bob) Menendez

AQSh qonunchilari Eron bilan imzolangan yadroviy bitimni o'rganar ekan, demokrat senator Robert Menendez unga qarshi ovoz berishini bildirdi. Prezident Barak Obama Kongressdan hujjatni yoqlashni so'ramoqda, aksariyat respublikachilar unga qarshi.

Menendezning aytishicha, Eron atom faoliyatini cheklashga qaratilgan kelishuvga qaramay, Tehron yadro infratuzilmasini saqlab qoladi.

"Men Eronga yadro qurolini yaratishda yordam bermoqchi emasman. Bitimga qarshi ovoz beraman. Agar prezident veto qo'ysa, unga ham qarshi ovoz beraman", - dedi senator.

Menendezning aytishicha, Obama kelishuv Eron yadro dasturini mutlaqo to'xtatadi deb xato qilmoqda.

"Tehron ko'p marotaba va'dalarini buzgan", - deydi u.

Senatorga ko'ra, bitim Eron yadroviy infratuzilmasini kichraytiradi, ammo butunlay yo'q qilmaydi.

O'tgan oy yana bir demokrat senator Chak Shumer ham kelishuvga qarshi ekanini ma'lum qildi.

Kongress bitimni tasdiqlamasa, AQShning Eronga qo'yilgan sanksiyalari olib tashlanmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG