Breaking News

Qirg'iziston Merkelning tashrifiga qanday umidlar bog'lamoqda?


Angela Merkel Qirg'izistonda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:38 0:00

Angela Merkel Qirg'izistonda

Germaniya Kansleri Angela Merkelning Markaziy Osiyoda faqat Qirg'izistonga qilgan safarini mahalliy tahlilchilar ijobiy baholaydi.

"Kansler safari ortidan nemis biznesi Qirg’izistonga diqqatni kuchaytiradi"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:58 0:00

Ikki kunlik tashrif bilan Bishkekka borgan Merkel xonim Qirg'izistonda demokratiyaning rivojlanayotganini olqishladi. Jarayon Berlin-Bishkek aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi.

Qirg’iziston bu safarga qanday umidlar bog’lamoqda? Ikki mamlakat aloqalarida qanday ustuvor yo’nalishlar mavjud?

Bo’riboy Jo’rayev o'z paytida parlament qo'mitalaridan birining rahbari sifatida Bishkek-Berlin munosabatlari shakllanishiga hissa qo’shgan.

Uning aytishicha, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab shu kungacha Germaniya iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy hayotning turli jabhalarida Qirg’izistonga salmoqli madad ko’rsatib kelmoqda.

Ayniqsa, yer islohoti, qishloq xo’jalik kooperativlari tuzish, ta’lim, salomatlikni saqlash sohalarini rivojlantirishda jiddiy moddiy-texnik ko’mak ko’rsatgan.

“Kansler safari ortidan nemis biznesi Qirg’izistonga nisbatan diqqatni kuchaytiradi, degan o’ydaman”, - deydi Jo’rayev.

Xabarlarga ko’ra, iqtisodiy hamkorlik masalalari muzokaralarda asosiy o’rin egallashi kutilmoqda.

Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan Qirg’iziston hozircha yuksalishni his qilmayapti. Aksincha, iqtisod ancha oqsab qolgan.

Jo’rayev fikricha, yangi iqtisodiy ittifoqqa biroz moslashib olgach, Qirg’iziston hamkor o’lkalar Qozog'iston, Rossiya va Belarus orqali Yevropaga “darcha” ochishi mumkin. Bu o’rinda Berlin bilan tig’iz aloqalar muhim rol o’ynashi tabiiy.

Qator kuzatuvchilar nazarida Merkelning Bishkekka e’tibori Berlinning Markaziy Osiyodagi pozitsiyasini kuchaytirishni ham ko’zlaydi.

Jorayev bu fikrga qo’shiladi. Uningcha, Germaniya mintaqa orqali qo’shni mamlakatlar, aytaylik, Xitoy, Afg’oniston bilan aloqalarni rivojlantirish imkoniga ega bo’ladi.

Qator xalqaro tashkilotlar Merkelni safar chog’ida umrbod qamoqqa hukm etilgan Azimjon Asqarovni ozod qilish masalasini ko’tarishga chorlagan.

Aytish joiz, Merkel xonim so’ngi bir-ikki yil davomida Bishkekka tashrif buyurgan eng nufuzli G’arb rasmiysi.

XS
SM
MD
LG