Merkel migratsiyaga doir siyosatini o'zgartirmoqchi emas

  • Amerika Ovozi

Germaniya kansleri Angela Merkel

Germaniya kansleri Angela Merkel

Germaniyada yakshanba kuni o’tgan mahalliy saylovlarda kansler Angela Merkel partiyasidan nomzodlar mag’lubiyatga uchraganiga qaramay, davlat rahbari qochqinlar bo’yicha siyosatini o’zgartirmoqchi emas. Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, aholi Merkelning immigratsiyaga doir yumshoq siyosatidan norozi.

Natijada uch viloyatda o’tgan saylovlarda “Germaniya uchun imkoniyat” millatchi partiyasi g’alaba qozondi.

Merkel Nasroniy demokratlar partiyasining mag’lubiyatini shunday izohladi:

"Saylovlardagi asosiy mavzu qochqinlar va shunga doir siyosat bo’ldi. Masalaning aholi uchun ijobiy hal etilmagani saylov natijalariga ta’sir qildi ", - dedi u.

Elektorat Merkelni muhojirlar uchun Germaniya eshiklarini yopishga da’vat etmoqda, ammo kansler urushdan qochayotgan odamlar, xususan suriyaliklarning mamlakatga kirishiga cheklov qo’ymoqchi emas.

Merkel qochqinlarni Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 mamlakat orasida taqsimlashni taklif etmoqda.

Ayni damda Bolqon davlatlari chegaralarini yolpib, migrantlarni G’arbiy Yevropaga o’tkazmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG