Kankun sammiti global iqlim yuzasidan kelishmovchiliklarni yenga oladimi?

  • Amerika Ovozi

Ko’plab olimlar nazarida, harorat ko’tarilishi tabiiy bir jarayon, xavotirga o’rin yo’q. Ikkinchi tomon esa dahshatli oqibatlar haqida ogohlantiradi.

Ko’plab olimlar nazarida, harorat ko’tarilishi tabiiy bir jarayon, xavotirga o’rin yo’q. Ikkinchi tomon esa dahshatli oqibatlar haqida ogohlantiradi.

Iqlimdagi salbiy o’zgarishlar va ularning insoniyatga ta’siri har yili kattayu-kichik doiralarda, turli xalqaro yig’inlarda muhokama qilinadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti o’tgan yili Kopengagenda dunyo yetakchilarini to’plab, mavzu bo’yicha qizg’in bahs qilgan, ammo natija bo’lmagan edi.

Ko’plab olimlar nazarida, harorat ko’tarilishi tabiiy bir jarayon, xavotirga o’rin yo’q. Ikkinchi tomon esa dahshatli oqibatlar haqida ogohlantiradi.

Kelasi hafta Meksikada yana bir xalqaro anjuman rejalangan. Iqlimshunoslar va siyosatdonlar undan ko’p narsa kutmayapti.

Dunyo muzliklari erib bormoqda

Dunyo muzliklari erib bormoqda

Kopengagen sammitida hamkorlik qilamiz degan va’dalar yangragan edi, biroq zaharli gazlarni kamaytirishga qaratilgan biror konkret kelishuvga erishilmagan.

Iqlim iliqlashuviga qarshi chora ko’rish kerakligi hammaga ayon, lekin davlatlar iqtisodga zarar keltiradigan majburiyatdan qochadi.

“Kelishuv imzolanmagani BMTning aybi emas. Tashkilotning ish uslubi konsensus-murosaga asoslangan”, - deydi Deyvid Ternbull, 500 ga yaqin nohukumat tashkilotni o’z ichiga olgan uyushma vakili.

Uning aytishicha gap har bir mamlakatning ichki siyosatiga borib taqaladi.

Meksikaning Kankun kurort shahri navbatdagi konferensiyaga mezbon.

Kambag’al davlatlarga zaharli gazlarni kamaytirish uchun qanday yordam bersa bo’ladi? Shu haqda o’ylash kerak, deydi Deyvid Ternbull.

Kankun, Karib dengizi bo'yidagi so'lim shaharlardan biri

Kankun, Karib dengizi bo'yidagi so'lim shaharlardan biri

“Shunday g’oya va texnologiyalar bilan chiqish kerakki, hukumatlar taraqqiyot bobida ko’zlagan mo’ljal tomon harakat qilishda davom etsin, lekin yashil sohalarga e’tiborni oshirgan holda”.

Olimlar fikricha esa ishni kichikroq qadamlar bilan boshlagan ma’qul. Meksikadagi anjumanda o’rmonzorlarni asrash va kengaytirishga qaratilgan global bitim imzolanishi mumkin.

Albatta, Xitoy va Hindiston kabi jadal o’sayotgan, aholisi zich va tabiiy zaxiralarga muhtoj davlatlar bunday tashabbuslarga qo’shilishi savol ostida. Quvvatga to’layotgan o’rta sinf ehtiyojini qondirish va yiliga 8-10 foiz o’sish sur’atini uddalashning o’zi bo’lmaydi.

Kppengagen sammitida Amerika prezidenti Barak Obama davlatlarni hamkorlikka chorladi, ammo Xitoy singari yirik va rivojlanayotgan mamlakatlar u bilan kelisha olmadi

Kppengagen sammitida Amerika prezidenti Barak Obama davlatlarni hamkorlikka chorladi, ammo Xitoy singari yirik va rivojlanayotgan mamlakatlar u bilan kelisha olmadi

Atmosferani zaharlayotgan gazlar miqdori bo’yicha oldingi o’ringa chiqib olgan Xitoy xalqaro miqyosda majburiyat olgisi yo’q, lekin o’zi alohida chora ko’rishga va’da bergan.

“Gap boshqa, ish boshqa”, - deydi siyosiy sharhlovchi Nil Leyn.

“Xitoy boshqalarga o’rnak yoki shuning aksi bo’lishi ham mumkin. Dunyo hamjamiyati, shuningdek, Qo’shma Shtatlardan, Obama ma’muriyatidan yetakchilikni qo’lga olishni kutmoqda”.

Yana bir shikoyat shuki, o’nlab kelishuv imzolangan taqdirda ham, majburiy kuchga ega emas ekan, ulardan foyda yo’q. Hukumat va’dalarini bajaryaptimi-yo’qmi, bila olmaysiz. Qonunbuzarlar uchun jazo belgilanmagan.

Shu bois, deydi tahlilchi Nil Leyn, transparentlik-oshkoralik muhim shart.

Olimlarning aytishicha, atmosferaga eng ko'p zarar yetkazayotgan narsa bu industrial inshootlardan chiqayotgan zaharli gazlar

Olimlarning aytishicha, atmosferaga eng ko'p zarar yetkazayotgan narsa bu industrial inshootlardan chiqayotgan zaharli gazlar

“Har ishning negizida ishonch yotadi. Ba’zida hukumatlar hatto eng oddiy masalalarda ham bir-biri bilan chiqisha olmay, bir davraga o’tirishdan bosh tortadi. Murosa kaliti - ishonch”, - deydi prezident Bill Klintonning sobiq maslahatchisi.

Keyingi 10 yillikda global iqlim iliqlashib borishi va undan qashshoq davlatlar eng ko’p aziyat chekishi bashorat qilinmoqda.

Shunday ekan, moliyaviy va texnologik ko’makni oshirish boy jamiyatlar zimmasida.

“Bir necha yil oldin bu gaplar menga vahimadek tuyulardi, hozir fikrim tamoman o’zgargan”, deydi Nil Leyn.

“Bu sohaga umrini bag’ishlagan, aniq ma’lumot va fakt-dalillarga tayanib, muammoga e’tibor qaratayotgan insonlarga quloq tutdim. Hozirdan chora ko’raylik deb jon kuydirayotganlar ham shular”, - deydi mutaxassis.

Yog’ingarchilik va toshqinlar, dengiz sathi ko’tarilishi va fasllarning o’ta issiq va sovuq kelishi bejiz emas, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG