Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

  • Amerika Ovozi

Sayful Islom Qaddafiy samolyotda Zintanga ko'chirilmoqda, Liviya, 19-noyabr, 2011-yil

Sayful Islom Qaddafiy samolyotda Zintanga ko'chirilmoqda, Liviya, 19-noyabr, 2011-yil

LIVIYA

Liviya muvaqqat hukumati Xalqaro jinoiy sud bilan sobiq rahbar Muammar Qaddafiyning o'g'li Sayful Islomni qayerda sud qilishga kelishib olmoqchi. Sud bosh prokurori Luis Moreno Okampo bir haftadan so'ng Liviyaga borib, masala bo'yicha gaplashadi.

Sayful Islom Qaddafiy kecha saharda janubdagi sahroda ushlanib, Zintan shahriga yetkazilgan. Ba'zi rasmiylar uni Liviyada sud qilish tarafdori. Xalqaro jinoiy sud uni, otasi va sobiq razvedka rahbarini hibsga olish uchun iyun oyida order chiqargan edi. Ular insoniyatga qarshi jinoyatda, namoyishlarni shafqatsiz bostirganlikda ayblanmoqda.

Biroq Muammar Qaddafiyning o'zi 20-oktabr kuni ona shahri Sirtada ushlanib, o'ldirilgan edi. Razvedkaning sobiq rahbari Abdulla Senusiy esa hali ham qidirilmoqda.

Liviya muvaqqat bosh vaziri Abdurahim al-Kayb kecha Zintanga borib, Sayful Islomning qo'lga olinganini olqishlagan.

SURIYA

Suriya faollariga ko'ra, bugun poytaxt Damashqda hukmron Baas partiyasiga tegishli binoga bir necha granata tushgan. Zarar va qurbonlar haqida ma'lumot yo'q. Turkiyada joylashgan sobiq askarlardan iborat Ozod Suriya armiyasi bu ishda qo'li borligini tan olgan.

Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

Bu Suriyada namoyishlar mart oyida boshlanganidan beri hukumat ob'yektiga ilk hujumdir. Bu o'rtada Arab Ligasi rasmiy Damashqqa bergan muhlat tugagan. Liga Suriyaga zo'ravonliklarni bas qilib, ahvolni nazorat etish uchun 500 kishilik kuzatuvchilar missiyasini mamlakatga kiritish shartini qo'ygan. Rasmiy Damashq rejaga o'zgartirish kiritishni so'ragan, ammo rad javobini olgan. Shu hafta Arab Ligasi Suriyani a'zolikdan mahrum qilgan.

Britaniyaning "Sunday Times" gazetasiga bergan intervyuda Suriya prezidenti Bashar al-Assad xalqaro bosimga bo'yin egmayman, biz tinch aholi emas, qurollangan to'dalarga qarshi kurashyapmiz, deydi. Chunki aynan ular oddiy odamlarni o'ldiryapti, deydi Assad.

Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

Uning aytishicha, fevral yoki mart oyida parlament saylovlari o'tkazilib, yangi konstitutsiya ustida ish boshlanadi.

"Suriyaga qarshi har qanday tashqi harbiy aralashuv Yaqin Sharqdagi vaziyatni izidan chiqaradi", - deydi Assad.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'an nazarida ikki davlat munosabatlarining yomonlashishida Suriya aybdor.

"Turkiya, Arab Ligasi va xalqaro hamjamiyatga bergan va'dalarining ustidan chiqmadi, zo'ravonliklarni bas qilmadi, islohotlarni boshlamadi", - deydi Erdog'an.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg ertaga Londonda Suriya muxolifati rahbarlari bilan uchrashadi. Xeyg Assadni iste'foga chaqirmoqda.

MISR

Misrda ikki kundan beri yirik namoyishlar o'tmoqda. Islohotlar boshlanmayotganidan toqatsizlangan omma poytaxt Qohiradagi Tahrir maydoniga chiqib, palatkali lager qurishga harakat qilgan.

Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

Yaqin Sharq bir kun ichida. 20-noyabr, tafsilotlari

Politsiya ularni ko'zni yoshlantiruvchi gaz bilan tarqatishga urinmoqda. Maydondagi minglab odamlarga qo'shilishga harakat qilganlarning yo'lini to'sgan.

Amerika Ovozining muxbiri voqeani videoga tushirayotgan payt unga bir necha kishi hujum qilgan, ammo jurnalist va uning hamrohlari qochib, jon saqlashga muvaffaq bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG