Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir


Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarini larzaga solgan inqilob g’oyasi global tarmoqda tug’ilgan deyishadi.

Ekspertlar fikricha, internet axborotni bir zumda millionlarga yetkazish kuchi bilan qudratli. Inqilobni amalga oshiradigan esa xalq, oddiy odamlar.

Facebook da “Biz hammamiz Xolid Saidmiz” degan sahifa bor. Misrda unga bir million kishi a’zo va ular soni kun sayin o’sib bormoqda.

2010 yilning yozida ochilgan bu sahifa politsiya qo’lida jon bergan yosh yigitga bag’ishlanadi. Uning o’limi Misr yoshlarini harakatga chorlagan.

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Facebook va Twitter yordamida ular katta o’zgarish qila olishini isbotladi. Lekin, deydi mahalliy faol Mona Eltahaviy, inqilobni faqatgina texnologiya bilan bog’lash yarim haqiqatni tan olish demakdir.

“Jasorat Facebook va Twitter dan kelmaydi. Bu harakat ortida o’z haqqini talab qilib ko’chaga chiqqan, boshini qilichga qo’ygan mard insonlar turganini unutib qo’yayapmiz”, - deydi blogger.

“Global tarmoq bu insonlarni bir-biriga bog’ladi, yagona maqsad sari birlashtirdi, ularning dunyosiga darvoza ochdi. Birinchi navbatda ana shu dovyurak insonlarga tasanno aytish kerak”, - deydi Mona Eltahaviy.

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Vashingtonda o’tgan davra suhbatida mintaqadagi voqealarni 24 soat yoritayotgan arab telekanali, al-Jazira ning Vashingtondagi byurosi rahbari Abdurahim Fukara ham qatnashdi.

Uning aytishicha, an’anaviy axborot vositalari ham demokratiya ruhini keng ommaga yetkazishda muhim rol o’ynamoqda.

“Sun’iy yo’ldosh orqali uzatiladigan kanallar, deylik, Misrdagi namoyishlarni tinimsiz yoritdi, bu davlat fuqarolariga bir-biri va dunyo bilan jonli efirda fikr almashishga imkon berdi”, - deydi Fukara.

Televizion reportjalar nafaqat Misr aholisi, balki butun region ahlini zarur kontekst bilan ta’minlab turdi.

Shuni unutmaslik kerakki, internet provayderlar avtoritar jamiyatlarda hukumatga bo’ysundirilgan. Ya’ni tepadan bitta qo’ng’iroq bilan o’chirib qo’ysa bo’ladi.

Misr, Tunis, Liviya va Bahraynda bunga guvoh bo’ldik. Eronda esa hukumat tuzumga qarshi odamlarni Facebook dagi tarjimai holi va gap-so’ziga qarab aniqlashga tushgan.

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

Internet qudratli qurol, ammo inqilobni amalga oshiradigan xalqdir

“Bundan xulosa shuki, internetdagi ommaviy sahifalar hukumatlar qo’lida ham qurol, tanqidchilarni qidirib topish va ovozini o’chirish vositasi”, - deya qayd etadi amerikalik qonunchi Adam Shiff.

AQSh hukumati arab dunyosida qo’zg’olonlar boshlanganidan beri internet erkinligini jadalroq targ’ib qilyapti. Xorijdagi bloggerlarni qo’llab-quvvatlash va Twitter ning boshqa tillardagi xizmatlarini ishga tushirish uchun millionlab dollar sarmoya qilingan.

2015 yilga borib arab dunyosida global tarmoqdan foydalanuvchilar soni 100 milliondan oshishi kutilmoqda. Hali g’alayonlar boshlanmasidan oldin ular har daqiqa YouTube saytiga 24 soatlik video qo’yayotgan edi.

Jorjtaun Universiteti olimi Maykl Nelsonning aytishicha, to’siqlarga qaramasdan Yaqin Sharqda yoshlarning 10 foizi aylanma yo’llar, proksi adreslar orqali o’ziga kerakli axborotni topib olayapti.

“Texnologiyani mukammal tushungan ana shu qatlam bor ekan, ma’lumot oqimini to’xtatish qiyin”.

Inqiloblar bu jamiyatlarni qay tomonga yetaklashini hech kim bilmaydi. Lekin millionlab yoshlarning bu boradagi fikr-mulohazalarini ommabop saytlarda kechayotgan bahslardan bilib olsa bo’ladi.

XS
SM
MD
LG