Tramp Falastin va Isroilni yarashtira olishiga ishonchi komil

  • Amerika Ovozi

Vashingtonda Iordaniya qiroli Abdullani qabul qilgan Tramp ikki rahbar Yaqin Sharq tinchligi yo'lida mehnat qilishini aytdi.

Prezident Tramp Isroil va Falastin ahli o'rtasida tinchlikka erishish yo'lida uning xatti-harakatlari samara beradi degan umidda.

Shu hafta Vashingtonda Iordaniya qiroli Abdullani qabul qilgan Tramp ikki rahbar Yaqin Sharq tinchligi yo'lida mehnat qilishini aytdi.

Global terrorizmga qarshi kurashning muhim qismidir bu, dedi prezident.

Saudiya Arabistoni olg'a surgan tinchlik rejasida Isroil va Falastin davlatlari yonma-yon, tinch-totuv yashashi haqida so'z boradi. Ammo Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uning rahbarligi davrida Falastin davlati yaralishi mumkin emas, degan edi.

O'tgan hafta Isroil Vazirlar Mahkamasi Iordan daryosining g'arbiy sohilida yahudiylar uchun yangi imoratlar qurish loyihasini ma'qulladi. Falastinliklar hududni o'z davlatining tarkibiy qismi deb biladi. Aksariyat falastinliklar umidini uzganini aytadi.

Falastin rasmiysi Mustafa Bargutining aytishicha, Isroil xalqaro qonunlarni, BMT Xavfsizlik Kengashini, tinchlik tashabbuslarini pisand qilmayapti.

Tramp Isroilni qo'llab-quvvatlab keladi. Uning aytishicha, yahudiy mahallalari tinchlikka to'siq bo'la olmaydi, biroq tinchlik muzokaralariga yordam ham bermaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG