BMT gumanitar delegatsiyasi Suriyada. Yamanda suiqasd xurujlari


BMT gumanitar delegatsiyasi Suriyada. Yamanda suiqasd xurujlari

BMT gumanitar delegatsiyasi Suriyada. Yamanda suiqasd xurujlari

SURIYA

Suriya prezidenti, xalqaro hamjamiyat bosimi ostidagi qolayotgan Bashar al-Assad bugun televideniye orqali xalqqa so’zlashi kutilmoqda.

Assad shu hafta BMT Bosh kotibi bilan suhbatda namoyishchilarga qarshi amaliyotlar to’xtadi, deya ishontirgan edi. Lekin armiya isyonni ayovsiz bosishda davom etmoqda.

Kecha Hims shahrining o’zida askarlar to’rt fuqaroni o’ldirgan, juma kuni esa Suriya bo’ylab 34 kishi nobud bo’lgan.

Shuningdek, bugun BMT delegatsiyani Suriyaga yetib borgan. Ular bu davlatda gumanitar vaziyatni ko’zdan kechirishi kerak bo’ladi.

YAMAN

Yamandagi xurujlar 11 kishini hayotdan olib ketgan. Bir kishi nazorat-tekshiruv punkti yonida, yana biri qabilaviy yig’in paytida o’zini portlatgan.

Yarim yildan beri Yamanda davom etayotgan xalq qo’zg’olonidan foydalangan jangarilar bir necha viloyatni egallagan.

AQSh va Saudiya Arabistoni mamlakatda terrorchilar manzillari kengayib borayotganidan xavotirda va ular G’arbga qarshi hujumlar rejalayotgani taxmin qilinadi.

Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih hamon Saudiya Arabistonida va iyun oyidagi portlashda olgan jarohatini davolamoqda.

ISROIL

Bugun Iordan daryosining g’arbiy sohilida Isroil politsiyasi Xamasning bir necha a’zosini qamoqqa olgan.

Bu - guruhning kuni-kecha Isroilga qilgan raketa hujumlariga javob, deydi Isroil rasmiylari.

“Xamas hukmron G’azo sektoridan oxirgi kunlarda 100 dan ziyod raketa otildi”, deydi Isroil qurolli kuchlari matbuot kotibi general Yoav Mordechay. “Zarurat bo’lsa, harbiy choralar ko’lamini oshiramiz”.

G’azoga qilingan havo hujumida falastinlik 14 kishi halok bo’lgach, Xamas Isroil bilan otishmani to’xtatish haqidagi bitimdan chiqqan edi. Misr-Isroil chegarasida ham to’qnashuv ro’y berib, misrlik besh askar o’lgan.

XS
SM
MD
LG