Yevropa qochoqlar inqiroziga yechim izlamoqda

  • Amerika Ovozi

Vengriya-Avstriya chegarasida kun kechirayotgan qochoqlar, 23-sentabr, 2015-yil.

Vengriya-Avstriya chegarasida kun kechirayotgan qochoqlar, 23-sentabr, 2015-yil.

Yevropa yetakchilari ko'p sonli qochiqnlar oqimini bir yoqli qilishga urinmoqda. II Jahon urushidan beri kontinentda migratsiya bobida bu qadar katta muammo kuzatilmagan.

"Arab bahori" Yaqin Sharqni parchalab tashladi va Suriya urushiga chetdan aralashishga hech kimning xohishi bo'lmadi, deydi Germaniyadagi Marshal jamg'armasi tahlilchisi Ivan Veyvoda.

"Suriyadagi beqarorlikka qarshi G'arbdan hech kim biror chora ko'rmadi. Shu bois vaziyat yanada yomonlashdi", - deydi u.

Brukings institutida Islom dunyosi va AQSh aloqalari loyihasini boshqaruvchi Uilyam Makkantsning aytishicha, javobgarlik faqat G'arb zimmasida emas.

"Mas'uliyat to'g'ridan to'g'ri tinch yo'l bilan rejim o'zgarishini xohlagan xalqiga quloq solmagan hukumatlarga tushadi. Keyin qo'shni davlatlar, ayniqsa, boy davlatlar ham aybdor. Shundan so'ng xalqaro hajamiyatning javobgarligi bor", - deydi ekspert.

Makkantsga ko'ra, eng ko'p ayb "Islomiy davlat" guruhi va Assad rejimida.

Veyvoda fikricha, boshida ko'pchilik vaziyat bu darajaga yetishini kutmagan.

"Boshida shart-sharoit butunlay boshqacha edi. Nima bo'lishidan odamlar bexabar edi", - deydi u.

Yaqin Sharq instituti tadqiqotchisi Daniel Server tahlilicha, muammoga yechim topish kerak.

"Muammo sababini ko'p narsaga bog'lashingiz mumkin. Lekin bu bugungi muammoni hal qilishga yordam bermaydi. Oson yechim yo'q hozir", - deydi u.

Makkantsning aytishicha, Fors ko'rfazining ayrim davlatlari qochoqlar uchun millionlab dollar ajratishga va'da bergan, ammo hanuz va'dasining ustidan chiqqani yo'q. Shu masalada ko'proq yordamga ehtiyojimiz bor, deydi tahlilchilar.

Qochoqlar orasiga radikallar kirib olishi mumkinligi haqida ham xavotirlar yo'q emas.

"Kelayotgan odamlarning juda katta qismi alg'ov-dalg'ovdan qochyapti. Ular orasiga ekstremistlar kirishga urinmaydi, deb hech qachon ayta olmaysiz. Chunki ayrim "Islomiy davlat" jangarilari Yevropaga hujum qilishni maqsad qilib olgan", - deydi Makkants.

Shu yilning o'zida Yevropa Ittifoqiga 470 ming qochoq kirib kelgan. Xalqaro Migratsiya tashkilotiga ko'ra, ularning 40 foizga yaqini Suriyadan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG