Indoneziya, Malayziya myanmalik qochqinlarga vaqtincha boshpana beradi

  • Amerika Ovozi

Hududdagi dengizlarda sarson qochqinlarning salmoqli qismi myanmalik va bangladeshlik musulmon elat - roxinjalar ekani ma'lum.

Hududdagi dengizlarda sarson qochqinlarning salmoqli qismi myanmalik va bangladeshlik musulmon elat - roxinjalar ekani ma'lum.

Indoneziya va Malayziya dengizda sarson qolayotgan minglab migrantlar va qochqinlarga vaqtincha boshpana berishga rozi.

Bugun Malayziya, Indoneziya, Tailand tashqi ishlar vazirlari o'rtasida muloqot ketidan shunga kelishilgan.

Unga ko'ra, Malayziya va Indoneziya qayerda qo'nim topishni bilmay qolayotgan yetti ming migrantga gumanitar yordam beradi. Ular boshpana bilan ta'minlanadi.

Qochqinlarning salmoqli qismi myanmalik va bangladeshlik musulmon elat - roxinjalardir. Ular vatanida, masalan, aholisi asosan buddistlardan iborat Myanmada fuqarolikdan va boshqa uzviy huquqlardan mahrum qilingan.

Tailand hukumati esa bu odamlarni mamlakatga kiritmoqchi emas. Faqat insonparvarlik yordami uzatib, dori-darmon hamda tibbiy ko'rik uchun kelib-ketishlari mumkin, deydi Tailand rasmilari.

Hududdagi dengizlarda sarson qochqinlarning salmoqli qismi myanmalik va bangladeshlik musulmon elat - roxinjalar ekani ma'lum.

Ular yurtidagi bosim va tahqirlashlardan qochib qo'shni davlatlarga bosh olib ketayotgani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG