Breaking News

Qirg’iziston bolalari yozgi ta’tilda nima bilan mashg'ul?

Qirg’izistonda so’ngi yillarda bolalar oromgohlari asta-sekin qayta tiklana boshlagan. Ammo unday maskanlarda endi ko’p bola hordiq chiqarmaydi. O’shlik bolakaylar ota-onasi bilan Sulaymon-Tog’ yonbag’irlarida sayl etishni odat qilgan. Bu yil ko’pchilik ota-onalar bolalarning soylarda cho’milishiga yo’l bermayotir. Yog’ingarchilik sabab, suv ko’p. Yozda odatda aksar oilalar aziz joylarga sayilga borishadi. Ushbu suratlardan biri qadimiy O’zgan shahridagi tarixiy majmuada olingan. San’atga ko’ngil qo’ygan o’smirlar turli ko’rik-tanlovlarda qatnashadi. Lekin aksariyat bolalar tirikchilik tashvishlari bilan ovora. Ular ichimlik suvi tashiydi, mol-holga qaraydi. Bozorlarda yug’urub-yelayotgan, arava tortayotgan o’spirinlar oila byudjetiga o’z hissasini qo’shadi. Keyingi paytlarda qurilishlarda va mardikorlar orasida ham yuqori sinf o’quvchilari ko’paygan. Suratlardan birida Tog’li arslonboblik qizaloqlarni ko'rasiz. Ular - hunarmandlar. Turli o’yinchoq va suvenirlar yasashadi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG