Mitchell Yaqin Sharqqa safarini uzaytirdi. Bu, deydi tahlilchilar, ijobiy hol

  • Amerika Ovozi

Tomonlar 6 oktabrga qadar yechim topishga harakat qilmoqda. Shu kuni prezident Mahmud Abbos Qohirada arab davlatlari tashqi ishlari vazirlari bilan ko’rishadi, Isroil bilan bordi-keldini davom ettirish yoki ettirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

AQShning Yaqin Sharq bo’yicha maxsus elchisi Jorj Mitchell bugun Isroil va Falastin rahbarlari bilan yana uchrashib, bir oy oldin boshlangan va bazo’r turgan tinchlik muzokaralarini saqlab qolishga urinmoqda.

Mitchell shu hafta Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan birrov ko’rishib, ortga qaytishi kerak edi. Lekin diplomat kecha Abbos bilan muzokaradan so’ng regionda yana bir oz qolishga ahd qilgan.

Tahlilchilar fikricha, safar uzaygani ijobiy holdir.

Jorj Mitchellning aytishicha, AQSh muloqot davom etishi uchun qattiq mehnat qilishga tayyor. “Ortga chekinish yo’q”, - deydi u.

Isroil hukumati g’arbiy sohilda yahudiy aholi uchun imoratlar qurishda davom etsa, Abbos muzokarani tark etishini aytib keladi. Netanyaxu esa muloqot hech qanday shartlarsiz o’tishi kerak deydi.

Isroil hukumati g’arbiy sohilda yahudiy aholi uchun imoratlar qurishda davom etsa, Abbos muzokarani tark etishini aytib keladi. Netanyaxu esa muloqot hech qanday shartlarsiz o’tishi kerak deydi.

Shu bois diplomat Quddus va Iordan daryosining g’arbiy sohili o’rtasida bot-bot qatnamoqda. U bugun ham yahudiy, ham arab arboblari bilan gaplashishi kutilmoqda.

Isroil hukumati g’arbiy sohilda yahudiy aholi uchun imoratlar qurishda davom etsa, Abbos muzokarani tark etishini aytib keladi. Netanyaxu esa muloqot hech qanday shartlarsiz o’tishi kerak deydi.

Falastin muzokarachisi Nabil Shaas joriy hafta qilgan chiqishida, Isroil qurilish ishlariga to’rt oylik cheklov qo’ysin, dedi. Bu payt ichida tomonlar chegara, yahudiy mahallalarining taqdiri haqida gaplashib olishi mumkin bo’ladi, deydi u.

Netanyaxu uy-joy qurilishiga 10 oylik cheklov qo’ygan va bu moratoriy muddati o’tgan hafta tugagan edi.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashton ham mintaqaga yo’l olib, Isroil-Falastin muloqoti dadilroq kechishiga undamoqda.

Tomonlar 6 oktabrga qadar yechim topishga harakat qilmoqda. Shu kuni prezident Mahmud Abbos Qohirada arab davlatlari tashqi ishlari vazirlari bilan ko’rishadi, Isroil bilan bordi-keldini davom ettirish yoki ettirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG