Birmingem - irqchilikka qarshi kurash boshlangan shahar

  • Amerika Ovozi

Huquq himoyachisi, notiq, ruhoniy va kamtarin inson

Huquq himoyachisi, notiq, ruhoniy va kamtarin inson

Martin Lyuter King 1963-yilda Alabama shtatidagi Birmingem shahriga boradi.

O’sha paytda Qo’shma Shtatlarda segregatsiya kuchli edi, ya’ni qora va oq tanlilar boshqa-boshqa hududlarda istiqomat qilishi, restoranlarga alohida kirishi, bolalar boshqa-boshqa maktablarga borishi, umuman biri-biridan ajralib yashashi lozim edi.

King fikricha, irqiy ajratish bo’yicha AQShning bu shahri birinchi o’rinda edi.

“Maqsad mana shu adolatsizlikka nuqta qo’yish. Diqqatni shu muammoga qaratish. Irqchilik barham topmas ekan, federal hukumat bu shaharga bir tiyin ham ajratmasligi lozim. Shuni talab qilamiz”, - degan edi u.

Fuqarolik huquqi uchun yurish

Fuqarolik huquqi uchun yurish

Ruhoniy bo’lgan King kurashni cherkovlardan boshlagan. So’ngra norozilik namoyishlari uyushtirishga tushdi. Maqsadga qon to’kmay erishishni targ’ib qildi. Shunday bo’lsada, zo’ravonlik avj oldi. Kingning yuzlab tarafdorlari hibsga olindi.

Tarixchi Robert Korli qora tanlilar huquqi uchun kurashda aynan Birmingem shahri qanday rol o’ynaganini tushuntiradi:

“Bu shaharda irqiy birlashish va segregatsiyaga chek qo’yish haqida hech kim og’iz ochmas edi. Shu sababdan King agar biz Birmingemda g’alaba qozona olsak, boshqa joyda ham muvaffaqiyatga erishamiz deb hisoblagan”, - deydi tarixchi.

Albatta, King ashaddiy qarshilikka uchradi. Hokimiyat, politsiya, qolaversa shaharning oq tanli ahli – hamma faolga qarshi chiqdi. Ba’zilar namoyishlarda qatnashmay qo’ydi. Endi King yoshlarni ko’chalarga chiqishga chorladi.

Yosh afro-amerikaliklar bu yerda to’plandi va Martin Lyuter King nutqiga quloq tutdi. Talabalar cherkovdan boshlab ko’chama-ko’cha yurishdi.

Birmingem - irqchilikka qarshi kurash boshlangan shahar

Birmingem - irqchilikka qarshi kurash boshlangan shahar

“Biz shu yerdagi cherkovdan bir necha metr naridaligimizda, meni hibsga olishgan”, - deydi Jenis Kelsi. U va uning sinfdoshlari panjara ortiga tashlanganida atigi 16 yoshda edi.

“Qarorim qat’iy edi. Men namoyishda qatnashmoqchi edim, hatto qamashsa ham. Maqsad erkinlik bo’lsa, nima uchun jim turamiz?”

Namoyishlarning ikkinchi kuni zo’ravonliklar boshlanib ketdi.

Politsiya yosh namoyishchilarni suv bilan haydadi, ularni itlarga talatdi. Birmingemlik fuqaro huquqlar faoli Kelvin Vudz namoyishchilardan biri edi.

”Ayrimlarni itlar qopdi, ayrimlar halok bo’ldi. Ko’plab odamlarni kaltaklashdi, suv bilan quvishdi, qamashdi, ishdan bo’shatishdi. Ammo biz tanlagan yo’limizdan qaytmadik’, - deydi Vuds.

Birmingem - irqchilikka qarshi kurash boshlangan shahar

Birmingem - irqchilikka qarshi kurash boshlangan shahar

To’qnashuvlarni televideniye orqali butun dunyo tomosha qilgan. Qora tanlilarni qo’llab-quvvatlovchilar soni ko’paya bordi. Bora-bora Martin Lyuter King va Birmingem shahri rahbariyati murosaga erishdi. Bir necha oydan so’ng shahardagi irqiy ajralish – segregatsiyaga barham berildi.

Birmingem shu tariqa irqiy diskriminatsiyaga qarshi va qora tanlilar huquqlari uchun kurash maydoni bo’lgan.

Ko’pchilik nazarida bu yer Martin Lyuter King va tenglik uchun qurbon bo’lgan boshqa minlgab afro-amerikaliklar xotirasi ramzi hamdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG