Qatliomda ayblanayotgan Ratko Mladich sudi boshlandi

  • Amerika Ovozi

Ratko Mladich

Ratko Mladich

Bosniya va Gertsegovinada 20 yil oldin qatliom sodir etganlikda ayblanayotgan general Ratko Mladich bugun Gaaga sudida javob bermoqda.

Unga genotsiddan tashqari insoniyatga qarshi qabihliklar, harbiy jinoyatlar kabi ayblovlar qo’yilmoqda.

1992-1995-yilgi Bosniya urushi qariyb 100 000 odamning, asosan, musulmon va xorvatlarning yostig’ini quritgan.

“Maqsad serb bo’lmagan har bir insonni qirish edi”, - deydi prokuror Dermot Grum.

Mash’um Srebrennitsa shahrida general 8000 musulmon erkak va bolani yo’q qilishni buyurgan, deydi u.

70 yoshli Mladich bosh barmoqlarini tepaga ko’targan, qarsak chalgan holda sud zaliga kirgan.

Mladich o’tgan yilning mayida qo’lga tushib, Serbiya hukumati uni Gaaga tribunaliga topshirgan edi. U 16 yil davomida qochib yurgan.

Mladichning tarafdorlari nazarida general o’zini himoya qilish imkoniga ega bo’lishi kerak, urushda hamma tomon qatnashib, jinoyatlar sodir etgan edi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG