Breaking News

Amerika irqiy tenglik uchun kurashgan Martin Lyuter Kingni eslamoqda


Martin Lyuter Kingning harakatlari zoye ketmadi. Uning qora tanlilar teng huquqqa erishsin degan talabi qonunga aylandi. Hujjatga 1964 yilda prezident Lindon Jonson imzo chekkan.
Martin Lyuter Kingning harakatlari zoye ketmadi. Uning qora tanlilar teng huquqqa erishsin degan talabi qonunga aylandi. Hujjatga 1964 yilda prezident Lindon Jonson imzo chekkan.

4 aprelda Amerika bo'ylab erkinlik kuychisi Martin Lyuter King yodga olinadi. Shu kuni faol otib o'ldirilgan. 21 yanvar, bu xalq qahramonining tavallud kuni, ham keng nishonlanadi.

XX asr o’rtalarida King tahqirlangan, irqiy diskriminatsiyaga uchragan va zo’rlangan fuqarolar jonkuyari sifatida siyosiy-ijtimoiy sahnaga chiqadi.

Martin Lyuter King qora tanlilarni teng huquqli fuqarolarga aylantirishni hayotiy maqsadi deb bilgan.

“Bir orzum bor… U ham bo’lsa, bir kun kelib bu xalq qaddini rostlaydi. Insonlar erkin yaralgani kabi hamma teng hayot kechira boshlaydi…”, - degan edi u.

1963 yil 28 avgust kuni, Vashingtonda katta omma oldida mana shunday ma'ruza qilgan Martin Lyuter King so’zlari bugungi kunda tenglik istaydigan barcha xalqlar uchun shior bo’lib qolgan.

1963 yil, 28 avgust, Martin Lyuter King Vashingtonda minglab namoyishchilar oldida "Bir orzum bor" nutqini so'zlamoqda
1963 yil, 28 avgust, Martin Lyuter King Vashingtonda minglab namoyishchilar oldida "Bir orzum bor" nutqini so'zlamoqda

1950-60 yillar davomida King zo’ravonlik, irqiy kamsitilishlarga qarshi tinch yo’l bilan kurashni targ’ib qilgan. Qora tanlilarni namoyishlarga yetaklab, irqchilikka nuqta qo’yishga da’vat qilgan.

“Bizning erkinlik talab qilib chiqishimiz oson kechmadi. Bu hayot-mamot uchun kurash. Bizni qo’rqitishdi, sizni yakson qilamiz deb tahdid qilishdi. Lekin bizni hech kim qaytara olmaydi”, - degan edi Martin Lyuter King Alamabada qilgan nutqida.

King harakatlari zoye ketmadi. Uning qora tanlilar teng huquqqa erishsin degan talabi qonunga aylandi. Hujjatga 1964 yilda prezident Lindon Jonson imzo chekkan.

Bugungi kelib qora tanlilar hayoti ancha yaxshilangan. Qonun oldida ular teng fuqarolar. Ammo irqiy kamsitilish hollari hali ham uchrab turadi.

1987 yilda Kurt Shmok Baltimor shahar hokimi etib saylandi. AQSh tarixidagi ilk qora tanli hokim.

2008 yilda esa bu davlat ilk qora tanli rahbarni ko'rdi. Barak Obamaning prezidentlikka saylangani Amerika hayotida yangi sahifa ochdi.

Martin Lyuter King Alabama shtati Birmingem shahrida safdoshlari bilan suhbatda, 9 may, 1963
Martin Lyuter King Alabama shtati Birmingem shahrida safdoshlari bilan suhbatda, 9 may, 1963

Bu, deydi Shmok, Martin Lyuter King orzu qilgan erkin va teng huquqli kunlarning kelganidan darak.

Martin Lyuter King erkinlik qurboni bo’lgan. Huquq himoyachisi 1968 yil 4 aprelda Tennessi shtatining Memfis shahrida otib o’ldirilgan.

39 yoshli King o’z ajali yaqinlashayotganini sezganday bir kun oldin vasiyatomuz gaplar aytgan edi:

"Men erkinlikka, bu orzuning bir kun amalga oshishiga ishonaman. Balki unda sizning orangizda bo’lmasman. Biroq ishonchim komilki, diyorimiz bir kun albatta erkin jamiyatga aylanadi. Men bugun baxtiyorman. Hech kim va hech narsa meni qo’rqita olmaydi. Men yaratganning qudratiga, uning rahm-shafqatiga ishonaman”,- degan edi Martin Lyuter King.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG