Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi


Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi

Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi

So’nggi tibbiy izlanishlar shundan dalolatki, uyali telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qilar ekan.

Bu yaxshimi, yomonmi, aniq aytish qiyin. Biroq texnologiyaning inson salomatligiga ta’siri xususida bahs-munozaralar yana avjida.

Hayotning ajralmas bo’lagiga aylangan mobil telefonlar sog’liqqa ziyon qilishi mumkinmi?

Radiatsiya oz miqdorda bo’lsa ham miyaga shikast yetkazadi, bepushtlikka yetaklaydi qabilidagi da’volar isbotini topganicha yo’q. Telefon kompaniyalar ham xavotirga o’rin yo’q deydi.

Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi

Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi

AQSh Sog’liqni Saqlash instituti mutaxassislari masalaga bir oz oydinlik kiritmoqda.

Doktor Nora Volkov va uning hamkasblari radiatsiya ta’sirini o’rganish uchun qariyb 50 kishini bir yil davomida kuzatdi.

Ishtirokchilarning o’ng va chap qulog’iga telefon yopishtirib, birini har kuni 50 daqiqa yoqib qo’yishdi. Ikkinchi quloqda esa o’chirilgan apparat. Shundan so’ng har ikkisini o’chirib qo’yib, qayta test o’tkazildi.

Inson organizmi va miyada qanday o’zgarishlar ro’y berganini zamonaviy skanerlar tasvirga tushiradi. Metabolik faoliyat oshganini telefon antennasi yopishib turgan joyda aniq ko’rish mumkin.

“Zamonaviy raqamli texnologiyalar uncha kuchli radiatsiya tarqatmasa-da, inson miyasi uni baribir sezar ekan”, - deydi doktor Nora Volkov.

Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi

Mobil telefonda uzoq gaplashish miya faoliyatiga ta’sir qiladi

Izlanish shuni ko’rsatdiki, deydi olima, boshning telefon antennasiga eng yaqin turgan qismida moddalar almashinuvi 7 foizga tezlashadi. Umuman olganda, buning salbiy bir tomoni yo’q.

Jezeppi Espozito yadroviy tibbiyot sohasida izlanadi. Endilikda aniq bilamizki, mobil telefon signali miyaga ta’sir qilar ekan, biroq asosiy savolga javob topa olmayapmiz, deydi u.

“Telefondan nurlanish miya xastaligiga yetaklaydi deyishga biror dalil-isbot yo’q. Signallar miyani qo’zg’atar ekan - asosiy xulosa shu”.

Qo’l telefonining organizmga ta’sirini o’rganuvchi tadqiqotlar bundan oldin ham o’tkazilgan. Xastalik alomatlari birdaniga emas, ehtimol 5, 10, 15 yildan keyin yuzaga chiqar. Ekspertlar ilmiy izlanishlarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.

“Ilmiy tilda buni “epidemiologik kuzatuv” deyishadi. Ya’ni telefondan muntazam foydalanuvchi bir guruh odamlarni yillar davomida kuzatish kerak”, - deydi Jezeppi Espozito.

Texnologiya xavfsizligiga qiziqish kuchli ekan, mavzu hali uzoq vaqt o’rganiladi.

Olimlar ehtiyot chora ko’rib qo’yishni maslahat beradi. Deylik, telefonni quloqqa yopishtirib gaplashmang. Quloqqa taqib qo’yadigan mikrofondan foydalaning.

Suhbatni qisqa-lo’nda qiling. Apparatni boshingizdan uzoqroq saqlang.

XS
SM
MD
LG