Misr sobiq prezidenti 20 yilga qamaldi

  • Amerika Ovozi

Misr sobiq Prezidenti Muhammad Mursiy panjara ortida o'tiribdi, Misr, 21-aprel, 2015-yil

Misr sobiq Prezidenti Muhammad Mursiy panjara ortida o'tiribdi, Misr, 21-aprel, 2015-yil

Misr sudi sobiq Prezident Muhammad Mursiyni 2012-yilda namoyishchilarni o'ldirishga buyurganlikda aybdor topib, 20 yil qamoq jazosi belgiladi. Mursiydan tashqari sud uning yana 12 safdoshini zo'ravonlikda aybdor topdi. Sudga ko'ra, Mursiyning qaroridan norozi bo'lib prezident saroyi yonida namoyish qilgan odamlarga "Musulmon birodarlar" harakatining tarafdorlari hujum qilgan.

Misrda ilk bor demokratik ravishda saylangan Mursiy harbiylar tomonidan ag'darilib, qamoqqa tashlangan edi. Isyonga bosh bo'lgan Abdul Fattoh al-Sissiy keyingi saylovlarda g'alaba qozondi va "Musulmon birodarlar" faoliyatini taqiqlab qo'ydi.

Harakat Mursiyni hali ham qonuniy prezident deya da'vo qilib keladi. Guruhning bugungi bayonoti misrliklarni namoyishga chaqiradi.

Mursiy qo'shni davlatga josuslikda ham ayblanmoqda, biroq tahlilchilarga ko'ra, bularning barchasi safsata, Misr sudi erkin emas.

Oklaxoma universiteti professori Samir Shehataning aytishicha, Mursiyning Qatarga maxfiy ma'lumotlarni uzatgani yoki falastinliklarga Misrning Sinaydagi yerlarini bermoqchi bo'lgani yolg'on, uydirma.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG