Breaking News

Musul aeroporti, harbiy bazasi uchun janglar


Musul, Iroq
Musul, Iroq

Iroq armiyasi Amerika harbiylari yordamida Musul shahrining bosh aeroporti va harbiy bazasini "Islomiy davlat" guruhidan qaytarib olish uchun jangga kirdi.

Payshanba kungi amaliyotda tezkor qo'shinlar, federal politsiya va aksil-terror bo'linmalari ishtirok etayapti. Ularga harbiy havo kuchlari madad bermoqda.

Ayni damda janubdagi aeroport va harbiy bazani ozod qilish ustida kurash ketayapti.

Bu yakshanba boshlangan, "Islomiy davlat" to'dasini Musul g'arbidan haydashga qaratilgan operatsiyaning bir qismidir. Iroq qo'shinlari shaharning sharqini o'tgan oy ozod qildi. Mosul 2014-yildan beri jangarilar qo'lida.

Xalqaro hayot - 23-fevral, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:58 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG