Mazhablararo ziddiyat Musul uchun jangga pand berishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Turkiya Iroq shimolidagi Bashiqa harbiy mazasida qariyb 3 ming sunniy jangchini va kurd peshmerga askarilarini mashqdan o'tkazmoqda.

Turkiya Iroq shimolidagi Bashiqa harbiy mazasida qariyb 3 ming sunniy jangchini va kurd peshmerga askarilarini mashqdan o'tkazmoqda.

Musul shahri uchun hal qiluvchi janglarga sanoqli kunlar qolmoqda. Amerika rasmiylari esa koalitsiya safida Iroqning bu shahri ustida avj olayotgan janjalni bartaraf etishga harakat qilayapti. Shahar 2014-yildan beri qonxo'r "Islomiy davlat" to'dasining qo'lida.

Mana bir necha haftadirki, koalitsiya Mosul uchun jangga hozirlik ko'rib keladi. Shahar ahliga hududni tark etish tavsiya qilinmoqda, qaysi yo'llar xavfsiz ekani oldindan aytilayapti. Lekin koalitsiya safidagi janjal avj olgandan olmoqda. Ayniqsa, Nayneva viloyatining Musul shahri tevaragi ozod qilingach, uni kim boshqarishi ustida tortishuv kuchaygan.

Kurdiston Bosh vaziri Neshirvan Barzaniy yakshanba kungi chiqishida Nayneva qanday boshqarilishi masalasida Bag'dod bilan kelishilmasa, oxiri yomon bo'ladi, deya ogohlantirgan. Musul harbiy emas, siyosiy masaladir, dedi Barzaniy.

Ham siyosiy, ham diniy jihatlar inobatga olinishi kerak, mintaqaning kelajagi shunga bog'liq, deydi u. Nayneva tarkibida kurd va arablar o'rtasida azaldan talash hududlar bor.

Barzaniy Musul uchun harbiy tayyorgarlik ketayotganini e'tirof etadi. Davlat departamentining "Islomiy davlat"ga qarshi koalitsiya bo'yicha elchi Brett Makgirk ham jang uchun hamma shay holatda ekanini aytadi.

Diplomat avgust oyida Irbil va Bag'dod o'rtasida borib-kelib, ziddiyatni yumshatishga, kurd va arablar o'rtasida neft daromadini taqsimlashda yordamlashishga harakat qildi. Kurd va arablar, xususan, Kurdistonning neft eksporti va undan tushgan foyda masalasida mana bir necha oydirki tortishib keladi.

Bu kelishuv kurdlar va Bag'dodga Musul uchun birgalashib jang qilish uchun zamin yaratdi. Amerika rasmiylarining aytishicha, kurdlar sunniy arab shaharga kirmaslikka rozi va Iroq armiyasiga bugun peshmerga jangchilari qo'lidagi hududni nazorat qilishiga imkon bermoqchi.

Ammo kelishuv e'lon qilingach, ko'p o'tmay mazhablararo ziddiyat yana kuchayib, Musul uchun jangga pand bermoqda.

Amerika tomoni, xususan, oxirgi haftalarda kurd rahbarlari qilayotgan chiqishlardan nozori. Kurdlar Iroqning shia hukumatining asabiga tegadigan gaplar qilayapti. Kurdiston xavfsizlik xizmati rasmiysining Britaniya matbuotiga aytishicha, peshmerga "Islomiy davlat" guruhidan qancha hududni tortib olsa, shunchasiga o'zi egalik qiladi va Kurdiston tarkibiga kiritadi.

Kurd rasmiylari, shuningdek, Naynevadagi sunniy qabilalarni mustaqil Kurdistonni yoqlab chiqishga, Musul Kurdiston tarkibiga kirsin, degan da'vatlar bilan chiqishga undayapti.

Bu esa Musul uchun jang rejadagidek kechishiga halaqit berishi mumkin. Amerika rasmiysi Brett Makgirkning aytishicha, agar barcha ziddiyatni Musul uchun kurashdan oldin hal qilishga harakat qilsak, barcha muammolarni bir vaqtga tiqsak, "Islomiy davlat" hech vaqt bu shahardan ketmaydi.

Bundan tashqari, mahalliy sunniy arablar Iroqning shialardan iborat armiyasini qanday qabul qiladi, degan savol yangramoqda. Rasmiy Bag'dodning ishontirib aytishicha, shia jangchilar shaharga kirmaydi, kirsa ham uzoq turmaydi.

Turkiya nazarida esa Eron ta'siridagi shia jangchilari hududda Eron qudratini oshirishga urinayapti.

Aytish kerak, Turkiya o'z navbatida Iroq shimolidagi Bashiqa harbiy mazasida qariyb 3 ming sunniy jangchini va kurd peshmerga askarilarini mashqdan o'tkazmoqda. Bu jangchilar Musul uchun jangda qatnashishi kerak, deydi Turkiya tomoni.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG